Kishtut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kishtut
Tavsif
Uzunligi 50
Maydoni 719 km²
Suv sarfi 18 m³/s
Davlat Oʻzbekiston


Kishtut — Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi daryo. Toʻpolondaryoning yirik chap irmogʻi. Hisor tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻridagi kichik moʻzlikdan boshlanadi. Oʻz. 50 km, havzasining maydoni 719 km². Kishtut yon bagʻirlari baland va tik, ayrim joylarda tor vodiyda, nishabi katta oʻzanda oqadi. Etak qismida vodiysi kengroq, yon bagʻirlari ham ancha past va yotiq. Kishtut havzasida yogʻin koʻp yogʻadi, kichik muzliklar ham bor. Oʻrtacha yillik suv sarfi 18 m³/sek. Qor va moʻzliklardan hamda yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Suvi fevral oxiridan koʻpaya boshlaydi, mayiyunda eng koʻp boʻladi, iyuldan yanvar oxirigacha kamaya boradi. Kishtut suvi Toʻpo-londaryoga qoʻshilib Surxon vodiysidagi yerlarni sugʻorishga sarflanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil