Zayd ibn Habbob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zayd ibn Habbob
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Abu HusaynZayd ibn Habbob Kufiy — muhaddis, Imom. (vaf. 819 yil).

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zayd ibn Habbob Abu Husayn Akliy Kufiy bo‘lib, Hofiz, Zohid, Rihol, Javvol[1] deb eʼtirof etilgan ulug‘ muhaddislardan sanalgan. Zayd ibn Habbob Iroq, Hijoz, Misr va boshqa shaharlarda bo‘lib hadis ilmini o‘rgangan. Muhaddisga berilgan „rihol“ ta’rifi ko‘plab ilm safarida bo‘lgan kishilarga berilgan bo‘lib, sayyoh muhaddislardan degan maʼnoni bildiradi. Zayd ibn Habbob hijriy 203, milodiy 819 yilda Kufa shahrida vafot etgan.

Ustozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zayd ibn Habbob Qurrata ibn Xolid, Sulaymon ibn Yusuf, Ayman ibn Nabildan hadis ilmini o‘rgangan.

Shogirdlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zayd ibn Habbobdan hadis rivoyat qilgan muhaddislar ham bir qancha bo‘lib, ulardan Ahmad ibn Hanbal, Yаzid ibn Horun, Ibn Vahhob, Muhammad ibn Rofiy, Salma ibn Shubayb, Yаhyo ibn Abu Tolib kabi muhaddislar e’tirof etiladi.

Eʼtiroflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmad ibn Hanbal: „Zayd ibn Habbob juda ham ko‘p ilm safarida bo‘lgan ulug‘ muhaddis, faqirlik va nochorlikka undan ko‘ra sabrliroq kishini ko‘rmadim. Muhaddis — Andalusiyada hadis ilmini tarqatgan kishi. Men u kishidan Andalusiya va Kufada hadis tingladim“, — degan.[2]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shukurillo Umarov „Abdulhamid Keshiy hayoti va ilmiy merosi“ Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2013 yil.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Javvol — juda ham ulug‘ muhaddis.
  2. Zahabiy. Tazkirat-l-huffoz. J. 1. -B. 374-375.