Sabr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sabr — gʻam-kulfat, azob-musibatlarga chidash, toqat qilish; oʻz ixtiyori bilan nafsni tiyish; qanoatli boʻlish. Islomda toʻgʻri yoʻddan adashmasdan borish uchun kishi oʻz mayllarini soʻndirishi lozimligi taʼkidlanadi. S.li boʻlish musulmonlarning asosiy fazilatlaridan biri hisoblanadi. Qurʼonning bir necha oyatlarida musulmonlarning S.li boʻlishiga daʼvat bor. Hadislarda inson uchun S.dan yaxshiroq va ulugʻroq neʼmat ato etilmagani bayon qilingan. Kishi ogʻir paytda bardosh b-n, neʼmat yetganida shukr va yaxshilik bilan S. qilishi kerak. Tasavvufda S. turlicha talqin etiladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil