Zakovat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zakovat
Formati televizion oʻyin
Muallif(lar) Abdurasul Abdullayev
Mamlakat  Oʻzbekiston
Til(lar) Oʻzbekcha
Efirga uzatilishi
Telekanal MTRK
Ilk efiri 2001 – bugun
Tashqi havolalar
Rasmiy sayti

Zakovat intellektual teleoʻyin boʻlib, 2001-yildan beri davom etmoqda. Uning asoschisi va boshlovchisi — Abdurasul Abdullayev. Rus telekoʻrsatuvi Nima? Qayerda? Qachon? oʻyiniga asoslangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga koʻra Abdurasul Abdullayev xalqimizning ilm-ziyo salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sogʻliqni saqlash sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga qoʻshgan munosib hissasi hamda koʻp yillik jamoatchilik faoliyati uchun Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlandi.

Xalqaro versiyalari[tahrir]

Mamlakat Mahalliy nomi Boshlovchi Qachondan efirda Til
Flag of Armenia.svg Armaniston Что? Где? Когда? Karen Kocharyan 2002 Ruscha
Flag of Kyrgyzstan.svg Kyrgyzstan "Билерман ордо Talantbek Kanatbek uulu 2007 Kyrgyzcha
Flag of Azerbaijan.svg Ozarbayjon Nə? Harada? Nə zaman? Balaş Kasumov 2006 Ruscha, Ozarcha
Flag of Belarus.svg Belarus Что? Где? Когда? Ales Muxin 2009 Ruscha, Belaruscha
 Bolgariya Какво? Къде? Кога? Vladimir Voroshilov 1987 Ruscha
 Gurjiston რა? სად? როდის? Georgiy Mosidze 1996 Gurji
 Italiya Million Dollar Mind Game Teo Mammucari 2011 Italyan
 Qozog`iston Что? Где? Когда? Balash Kasumov 2011 Ruscha
 Rossiya Что? Где? Когда? Vladimir Voroshilov, Boris Kryuk 1975 Ruscha
 Turkiya Aklın Yolu Bir Oktay Kaynarca 2011 Turkcha
AQSH bayrogʻi AQSh Million Dollar Mind Game Vernon Kay 2011 Inglizcha
 Ukraina Що? Де? Коли? Aleksandr Androsov 2008 Ukraincha, Ruscha

Havolalar[tahrir]