Yorugʻlik tezligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtish: foydalanish, Qidir

Yorug'lik tezligi — elektromagnit to'lqinlarning vakuumda tarqalish tezligi. Fizikaning asosiy doimiylaridan biri hisoblanib, "c" (lotincha "celerites" so'zining bosh harfi bo'lib, tarjimasi: tezlik) bilan belgilanadi. Yorug'lik tezligi har qanday fizik ta'sirlarning eng yuqori chegaraviy tarqalish tezligi.

Mundarija

[tahrir] Vakuumdagi qiymati

Yerdan Oygacha yorug'likning yetib borishi modeli

Yorug'likning vakuumdagi tezligi "c" fizik doimiydir. Uning eng aniq qiymati c=299 792 458 ± 1,2 m/s, yoki 1 079 252 848.8 km/soat teng. Shuningdek, 1983-yilda yorug'lik tezligining aniq qiymatidan foydalanilgan holda metr etaloni qabul qilingan. 1 metr — yorug'lik nurining vakuumda, 1/299 792 458 soniya ichida bosib o'tgan masofasiga teng. Yorug'lik tezligi moddiy jismlarning to'liq energiyasini ularning massasi bilan bog'laydi: E = mc2. Yorug'likning muhitdagi tezligi "c'" muhitlarning sindirish ko'rsatkichi "п" bilan bog'langan bo'lib, har doim "c" dan kichik bo'ladi.

[tahrir] Tarixi

Yorug'lik tezligini bevosita va bilvosita aniqlash mumkin. Yorug'lik tezligini dastlab 1676-yilda daniyalik astronom Olaf Ryomer aniqlagan. U Yupiter sayyorasi yo'ldoshlarining tutilishlari orasidagi vaqt o'zgarishiga qarab c=300 870 ± 2 700 km/soat ekanligini topdi.

[tahrir] Shuningdek, qarang

[tahrir] Havolalar

Koʻrinishlar<!--Views-->
Shaxsiy uskunalar
o‘zgarishlar / ўзгаришлар