Yettisuvdagi zilzila (2024)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yettisuvdagi zilzila
Yettisuvdagi zilzila (2024) is located in Xinjiang
Yettisuvdagi zilzila (2024)
Yettisuvdagi zilzila (2024) is located in Kyrgyzstan
Yettisuvdagi zilzila (2024)
Sana va vaqti 2024-01-22 18:09:04
Mahalliy vaqt 02:09 CST
Miqdori 7.1
Merkalli shkalasi [1]

IX (Vayronkor)
Chuqurligi 13 km (8.1 mi)
Episentr 41°16′08″N 78°38′56″E / 41.269°N 78.649°E / 41.269; 78.649 G O
Taʼsir doirasidagi davlatlar (hududlar) Xitoy, Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya
Aftershoklar 4,200
Qurbonlar 3 kishi halok boʻlgan, 74 kishi jarohatlangan (7 nafari Xitoyda, 67 nafari Qozogʻistonda)

Akchi zilzilasi 2024-yil 23-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 00:09 da (UTC+6) sodir boʻlgan. Qozogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 7,1 magnitudali zilzila epitsentri Qirgʻizistonda boʻlib, Qozogʻistonning ayrim viloyatlari boʻlin oʻtdi (Olmaota, Sharqiy Qozogʻiston viloyati, Jambil, Jetisu va Qaragʻanda viloyatlarida)[2]. Yer silkinishlarini Qirgʻiziston aholisi (xususan:Issiqkoʻl, Norin va Chuy viloyatlari) ham his qildi[3].

Asosiy zilziladan keyin yer silkinishlari kuzatildi. Birinchi zilzilalar 5 dan 6 magnitudali ballgacha boʻlgan. Olmaotada 3-4 magnitudali zilzila kuzatilgan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Olmaotada 67 kishi jarohatlangan, ulardan biri ogʻir ahvolda[4].

Zilzila rivoji[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olmaota Qozogʻistonning eng zilzila ehtimoli bor viloyatlaridan biridir. 1911-yilda Kemin shahrida 7,7 magnitudali zilzila sodir boʻlib, 400 dan ortiq odam, shu jumladan Verniyda 35 kishi halok boʻldi. 15-yanvar kuni Olmaotaga taʼsir koʻrsatadigan dahshatli zilzila haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqatilgan edi, biroq seysmologlar 10-17-yanvar kunlari zilzilalar kutilmasligini taʼkidladi[5].

Yer silkinishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yer silkinishlari haqida birinchi xabarlar yarim tunda paydo boʻldi. Olmaota aholisi tebranayotgan mebellar, qandillar va idish-tovoqlar haqida gapirishdi. Zilzila aholi oʻrtasida vahima qoʻzgʻatidi. Odamlar yopasiga koʻchaga yugurib chiqa boshladilar. Avtomobillar shaharni ommaviy ravishda tark eta boshladi, natijada tirbandlik yuzaga keldi[6]. Maktablar, yotoqxonalar, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida vaqtinchalik yigʻilish joylari ochildi. Olmaotadan 1200 km uzoqlikda joylashgan Ostona aholisi zilzila haqida xabar berdi[7]. Qirgʻizistonning zilziladan jabr koʻrgan viloyatlarida xuddi Olmaotadagi kabi holat yuzaga kelgan[8].

Oqibatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akqi tumanida 3 kishi halok boʻldi[9]. 9632 kishi boshqa joyga koʻchirildi. Halok boʻlganlarning koʻpi etnik qirgʻizlar ekanligi aniqlangan[10]. Olti kishi jarohatlangan, 47 ta uy vayron boʻlgan va yana 78 tasi shikastlangan[11]. Jarohatlanganlardan ikki nafarining ahvoli ogʻir ekanligi aytilgan[12]. Umuman olganda, zarar koʻrgan hududlarda 210 ta uy vayron boʻlgan va 8 079 ta uy zarar koʻrgan[13]. Akqi okrugi joylashgan Qizilsu Qirgʻiz avtonom prefekturasida 93 ta bino vayron boʻlgan, 851 ta bino esa zarar koʻrgan. 910 bosh chorva mollari nobud boʻlgan[14]. Shinjon boʻylab jami 18.346 kishi ham oʻz uyini tark etgan. Zilzila aholi kam yashaydigan hududda sodir boʻlgani uchun zarar va qurbonlar minimal edi.

Qozogʻiston[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olmaota xalqaro aeroportiga kiruvchi toʻrtta reys kechiktirildi. Bir Air Astana reysi Turkistonga yoʻnaltirildi, qolganlari esa xavfsiz qoʻndi[15]. Oltmish yetti kishi jarohatlangan va ulardan uchtasi kasalxonaga yotqizilgan. Olmaota viloyati boʻylab 44 ta bino shikastlangan[16]. Zilzila kuchli boʻlishiga qaramay hech qanday inshoot va binoni vayron qilmagan. Kaznetda voqealar munosabati bilan Internetning qozoq segmenti foydalanuvchilari tomonidan tarqatilgan turli xil soxta maʼlumotlar paydo boʻla boshladi. Masalan, Qozogʻiston Milliy universiteti yotoqxonasi qulagani va soat beshda takrorlangan zilzila haqidagi xabarlar ertalab messenjerlarda tarqala boshlagan. Dastavval xabarda Olmaotada uy derazalaridan sakrab, uylaridan qochib ketayotganda jabrlangan sakkiz nafar qurbon haqida xabar berilgan[17]. Keyin qurbonlar soni 44 kishiga yetgan. Taksi haydovchilari shahardan chiqib ketayotganlar uchun narxni 20 ming tenge qilib belgilagani ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy tanqidlarga sabab boʻlgan[18]. Zilzila natijasida, Olmaotadagi maktab va kollejlarda birinchi smenadagi darslar bekor qilindi[19].

Rossiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻrgʻonda ikkita bino zarar koʻrgan va 246 kishi evakuatsiya qilingan[20].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Zhōngguó dìzhèng jú fābù xīnjiāng wū shén 7.1 Jí dìzhèn lièdù tú zuìgāo lièdù 9 dù“ (zh). China News (2024-yil 26-yanvar). 2024-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  2. Халдарова, Динара „МЧС выступило с заявлением после землетрясения в Алматы“ (ru). zakon.kz (2024-yil 23-yanvar). 2024-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
  3. МОКРЕНКО, Анастасия „В Киргизии произошло землетрясение -“ (ru-RU). 24.kg (2024-yil 23-yanvar). 2024-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
  4. tengrinews.kz „Землетрясение в Алматы: число пострадавших выросло до 44“ (ru). Главные новости Казахстана - Tengrinews.kz (2024-yil 23-yanvar). 2024-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
  5. tengrinews.kz „Рассылка о землетрясении в Алматы 15 января: сейсмологи сделали заявление“ (ru). Главные новости Казахстана - Tengrinews.kz (2024-yil 12-yanvar). 2024-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
  6. „Землетрясение в Алматы: как это было. Фото и видео из соцсетей, а также материалы Informburo.kz“ (ru). informburo.kz (2024-yil 23-yanvar). 2024-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
  7. tengrinews.kz „Землетрясение ощущалось в Астане и 5 областях Казахстана - МЧС“ (ru). Главные новости Казахстана - Tengrinews.kz (2024-yil 23-yanvar). 2024-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
  8. „Ажиотаж в магазинах, пробки: как землетрясение ощутили в соседнем Кыргызстане“ (ru). www.nur.kz (2024-yil 23-yanvar). 2024-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
  9. „Xīnjiāng wū shén 7.1 Jí dìzhèn zàochéng 3 rén yùnàn 5 rén shòushāng“ (zh). Xinhua News Agency (2024-yil 23-yanvar). 2024-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
  10. Hoshur, Erkin; Hoshur, Shohret. „Three killed, 5 injured in 7.1-magnitude earthquake in Xinjiang“ (en). Radio Free Asia (2024-yil 24-yanvar). 2024-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  11. „Dìzhèn yǐ zhì ā hé qí xiàn 6 rén shòushāng 47 jiān fángwū dǎotā“ (zh). Tianshan Net (2024-yil 23-yanvar). 2024-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
  12. „7.1 magnitude quake rattles western China, killing at least 3 people and collapsing 47 homes“ (en). Associated Press (2024-yil 23-yanvar). 2024-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
  13. „Xīnjiāng wū shén 7.1 Jí dìzhèn zhèn qū: Qúnzhòng shēnghuó píngwěn yǒu xù zāiqíng páichá wěnbù tuījìn“ (zh). Guangming Daily (2024-yil 26-yanvar). 2024-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  14. „Thousands of people are forced out of their homes after 7.1 quake in western China“ (en). Associated Press (2024-yil 24-yanvar). 2024-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-yanvar.
  15. „Gosstroy proveril boleye 100 ob"yektov, ot kotorykh postupali zhaloby, chto imeyutsya kakiye-libo treshchiny posle zemletryaseniy, - Oruntayev“ (ru). AKIpress. 2024-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-yanvar.
  16. „Zemletryaseniye v Kyrgyzstane Oboshlos' Bez Posledstviy“ (ru). 24.kz. 2024-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-yanvar.
  17. Мельникова, Мария „Восемь человек пострадали во время землетрясения в Алматы“ (ru). zakon.kz (2024-yil 23-yanvar). 2024-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
  18. „До 20 тысяч тенге: таксисты взвинтили цены после ЧП в Алматы“ (ru). Новости Казахстана - Liter.kz (2024-yil 23-yanvar). 2024-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
  19. Мельникова, Мария „Занятия отменили в школах и колледжах Алматы“ (ru). zakon.kz (2024-yil 23-yanvar). 2024-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
  20. „Chto izvestno o zemletryasenii v Kurgane na 24 yanvarya“ (ru). URA News. 2024-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-yanvar.