Norin (viloyat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Norin viloyati
Нарын областы
Norin viloyati Qirgʻiziston xaritasida
Markazi Norin
Maydoni 45 200 km²
Aholisi

- Barchasi
- Zichligi


262 100 (2011)
5,80/km²

Gubernator Qanatbek Muratbekov
ISO 3166-2 KG-N
Soat mintaqai UTC +6
Avtomobil kodi H, N

Norin viloyati - Qirgʻiziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1970 y. 11 dek.da tashkil etilgan (1939—62 y.larda Tyanshan viloyati). Jan.-sharqda va jan.da Xitoy bilan chegaradosh. Mayd. 47,3 ming km2. Aholisi 259,9 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari), asosan, qirgʻizlar, shuningdek, rus, o'zbek, tatar, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar axrlisi 21%. 6 maʼmuriy tuman, 1 shahar, 2 shaqarcha bor. Markazi — Norin sh.

N.v. Ichki Tyanshanda joylashgan. Gʻarbdan sharqqa balandlasha boradi. Jan.-sharqida Kdqshaltov (eng baland joyi 5982 m), jan.-gʻarbda Fargʻona tizmasi (4692 m), shim.-gʻarbda Susa-mirtovning sharqiy qismi (4048 m), Jumgʻoltov tizmasi (3947 m), shim-sharqda TerskayOlatov tizmasining gʻarbiy qismi va Yetim tizmasi choʻzilgan. Viloyatning ichki qismini Jomatov (4718 m), Otboshi (4786), Norin-tov, Moʻldatov tizmalari va b. qisman yassi sirtlar egallagan. Yirik soyliklar va vodiylar: shim.da Qoʻchqor, Jum-gʻol, markazida Norin, Otboshi, jan.da Oqsoy, Chatirkoʻl, gʻarbida Toʻgʻuztoʻroʻ, ularning tubi 1000—1200 m dan 3800 m gacha balandlikda.

Iqdimi keskin kontinental. Qishi qattiq sovuq, yozi nisbatan salqin. Yanv.

ningoʻrtachat-rasi—10,1° (Qoʻchqor-da) dan —27,7° gacha (Oqsoy vodiysida). Iyulniki 21° dan (Qazarman) 9° gacha (Oqsoy vodiysi). N.v.da havoning oʻrtacha sutkalik t-ra amplitudasi katta. Viloyat hududining koʻp qismida yillik yogʻin 200—300 mm. Ayrim vodiylarda qishda deyarli qor yogʻmaydi. Vegetatsiya davri 130 kun. Eng yirik muzliklar Qaqshaltov tizmasida.

Daryolari Norin (70%), Tarim (20%), Chuy havzalariga mansub. Norin daryosining muhim irmoqlari: oʻngda Kichik Norin, Koʻkoʻmeren; chapda Otboshi, Olabugʻa. Koʻpchilik daryolari muzlik-qor suvlaridan toʻyinadi. Daryolari gidroenergiya resurslariga boy. Norin daryosi irmoqlaridan, asosan, sugʻorishda foydalaniladi. Chuy daryosida Oʻrtatoʻqay suv ombori qurilgan. Yirik koʻllari: chuchuk suvli Soʻnkoʻl va oqmas shoʻr suvli Chatirkoʻl. Togʻ-dasht va chalachoʻl oʻsimliklari (togʻ vodiylarida shuvoq va boshokdilar) oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarining yuqori qismlari subalp va alp utloqlari bilan qoplangan. Baland togʻ tundrasi, sharqida sovuq baland togʻ choʻli mavjud. Naʼmatak, zirk, uchqat, vodiylarida terak va qoratol, togʻ yon bagʻirlarida tyanshan qoraqaragʻayi, archa oʻsadi. N.v.da arhar, togʻ echkisi, bars, suvsar, boʻri, tulki, kulrang su-gʻur yashaydi. Iqtisodiyotida q.x. asosiy oʻrinda. N.v. — chorvachilik r-ni. Res-publikadagi qoʻylarning 1/4 qismi, echki, qoramol, yilqi, qoʻtos boqiladi. N.v. hududida oltin, toshtuz, qurilish materiallari konlari bor. Q.x. xom ashyosini qayta ishlash (goʻsht k-tlari, moysir z-dlari, tegirmonlar), keng isteʼmol mollari va qurilish materiallari i.ch. korxonalari, mexanika z-di (Norinda), "Orgtexnika" pribor z-di ishlab turibdi. Avtomobil transporta rivojlangan. Asosiy yoʻllari: Ribachye—Norin—Toʻrugʻart, Norin— Qazarman. Kutubxonalar, teatr, Qir-gʻiziston Chorvachilik va veterinariya ilmiy tadqiqot in-tining chorvachilik boʻyicha Tyanshan tajriba st-yasi joylashgan.[1]

Geografiyasi[tahrir]

Qirg'iziston Respublikasining haritasida Norin viloyati markaziy o'rinni egallaydi, ya'ni Tyanshanning ichki tog'li rayonlarida joylashgan. U Qirg'izistonning O'sh, Jalolobod, Chuy, Issiq-Ko'l viloyatlari va Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegaradosh, chegaralarining barchasi balan tog' tizmalari orqali o'tadi.

Tarixi[tahrir]

Hududiy bo'linshi[tahrir]

  1. Otboshi tumani
  2. Qo'chqor tumani
  3. Jumg'al tumani
  4. Norin tumani
  5. Oqtola tumani

Aholisi[tahrir]

Millatlar tarkibi[tahrir]

Viloyatdagi millatlar tarkibi:
Aholi soni
1989 yil
 % Aholi soni
1999 yil
 % Aholi soni
2009 yil
 %
Barchasi 247931 100,00 % 249115 100,00 % 257768 100,00 %
Qirg'izlar 240726 97,09 % 245924 98,72 % 255799 99,24 %
O'zbeklar 1345 0,54 % 863 0,35 % 568 0,22 %
Dunganlar 492 0,20 % 399 0,16 % 429 0,17 %
Uyg'urlar 609 0,25 % 527 0,21 % 339 0,13 %
Qozoqlar 470 0,19 % 294 0,12 % 215 0,08 %
Ruslar 2919 1,18 % 647 0,26 % 157 0,06 %
Tatarlar 406 0,16 % 252 0,10 % 153 0,06 %
Ukrainlar 362 0,15 % 63 0,03 % 23 0,01 %
Turklar 2 0,00 % 30 0,01 % 15 0,01 %
Turkmanlar 31 0,01 % 16 0,01 % 12 0,00 %
Boshqirdlar 34 0,01 % 14 0,01 % 8 0,00 %
Olmonlar 68 0,03 % 19 0,01 % 2 0,00 %
va boshqalar 467 0,19 % 67 0,03 % 48 0,02 %

OAV[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil