Xonchorbogʻ
Qishloq | |
Oʻzbekiston Bayroq | |
39°36′13.4″N 66°35′14.8″E / 39.603722°N 66.587444°E G OKoordinatalari: 39°36′13.4″N 66°35′14.8″E / 39.603722°N 66.587444°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Samarqand viloyati |
tuman | Pastdargʻom tumani |
Asos solingan | 1940 |
Ilk eslatilishi | XV-XVI |
Maydon | 0.003 km2 (0.0012 mi²) |
Aholisi (2023) |
5 843 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xonchorbog‘ — Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanlidagi qadimiy qishloqdir. Tumaning janubiy qismida, Zarafshon tog‘ tizmasining shimoliy etagida, Eski Anhor kanali bo‘yida joylashgan. Aholisi 6 ming kishi. Bog‘dorchilik, sabzavotchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Dehqonchilikda Eski Anhor kanali suvidan foydalaniladi[1][2].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tashkil topishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xonchorbog‘ toponimi Xon va Chorbog‘ so‘zlari birlashmasidan hosil bo‘lgan. Xon turkiy va mo‘g‘ul xalqlari unvoni. Chorbog‘ shahardan tashqaridagi hovli joyli qo‘rg‘onli bog‘. Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan chorbog‘ qurdirgan. Xalq og‘izda aytilishida Xonchorbog‘ yerida juda katta bog‘ barpo qilingan. Undagi mevalar shig‘il pishib mo‘l-kul hosil bergan. Bog‘ yonidan katta savdo yo‘li o‘tar, karvon yo‘l yurib Xonchorbog‘ga kelganda tuyalar mevali daraxtlarga osilib shoxlarini, hosilini yeb qo‘ymasin deb ularning og‘izini to‘rva xaltalar bilan bog‘lab o‘tilgan. Abdullahon II ning saroy tarixchisi Hofiz Tanish Buxoriy asarida Abdullaxon II ni Xonchorbog‘ yaqinidagi Qo‘riqi Qoqlik mavzesiga qo‘nib o‘tganligi yozilgan. Abdullaxon II qurdirgan Chorbog‘ yo‘nalishidan miyonkol shamoli esib turgan va hozir ham shunday. Chorbog‘ning maydoni 19 gektarni tashkil qilgan.
Abdullaxoja Ibn Darvesh qabri[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chorbog‘dan janubda 1554-yilda vafot etgan Abdulla Ibn Darvesh va Xitoy podshohi qizining qabri mavjud. Chorbog‘ atrofi aholisi 10 ming kishilik katta mahalla bo‘lgan. Kasallik tarqalishi natijasida aholining ko‘pchilik qismi vafot etgan, qolgan qismi atrofdagi qishloqlarga ko‘chib o‘tgan.
Arxeologik tatqiqotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Arxeolog Ivan Aleksandrovich Suxarev (1909-1941) 1936-yilda Chorbogʻ xarobalarini oʻrganadi. Chorbogʻ maydoni 19 gektar ekkanligini hisobotida yozib qoldirgan.
XX asr[tahrir | manbasini tahrirlash]
1937-1938-yillarda Qozog‘istondan ziyolilar, ruhoniylar, boylar qatag‘on qilingan. Ular Xonchorbog‘ yerlariga ko‘chirib keltirilgan. 1942-yilda Mesxetiy turklar, 1943-yilda polyaklar, 1944-yilda qirim-tatarlarni Juma temir yo‘l stansiyasidan Xonchorbog‘ga ko‘chirib keltirilgan. Birinchilardan bo‘lib 1938-yilda Chiroqchi tumanidan Jumayev Qo‘shoq (1906-1986) va Boyirov Qurbon (1909-1991) ko‘chib kelgan. Xonchorbog‘ OSHP yonida shamol quduq bo‘lgan. Uni mahalliy aholi metrogen quduq deyishgan.
Mahalla[tahrir | manbasini tahrirlash]
1991-yil mart oyida Turg‘un Normurodov mahalla raisi etib saylangan. Dastlab mahalla raisi shtat birligi bo‘lsada, oylik ish haqqi ajratilmagan, keyinchalik bir necha yildan keyin oylik ish haqqi ajratilgan. Xonchorbog‘ mahallasi raislari(oqsoqollari):
- 1940-1965-yillar Boyirov Qurbon (1909-1991)
- 1965-1980-yillar Mayinov Qurbon (1934-1983)
- 1980-1991-yillar Jumayev Rahmat (1930-2015)
- 1991-1992-yillar Normurodov Turg‘un (1957-yil tug‘ilgan.)
- 1992-1995-yillar Qiyamov Erka (1941-2020)
- 1995-1996-yillar Mayinov Qo‘chqor (1950-yil tug‘ilgan.)
- 1998-1999-yillar Aymatov Eshmamat (1967-yil tug‘ilgan)
- 1999-2000-yillar Normurodov Turg‘un (1957-yil tug‘ilgan.)
- 2000-2002-yillar Xushvaqtov Boybo‘ri (1959-yil tug‘ilgan.)
- 2002-2007-yillar Aznarova Nodira (1970-2010.)
- 2007-2013-yillar Sulaymanov Zarif (1969-yil tug‘ilgan.)
- 2013-2016-yillar Eshonqulov Xurram (1961-yil tug‘ilgan.)
- 2016-2019-yillar Ochilov Jahongir (1982-yil tug‘ilgan.)
- 2019-2021-yillar Ahmedov Jo‘rabek (1985-yil tug‘ilgan.)
- 2021-2022 Ochilov Jahongir (1982-yil tug‘ilgan.)
- 2022- hozirgacha Zarif Sulaymonov (1969-yil tugʻilgan)
Maktab[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mahallada 1947-0yilda Holbekov Dunyo (1912-1984) uyida boshlang‘ich maktab ochilgan. Bu maktab to‘rt yillik, darslar rus tilida o‘qitiladigan 35-sonli maktab bo‘lgan.4-sinfni bitirgan o‘quvchilar tumandagi 11-maktabga kunlik qatnab, 21,31-maktablarga yotoq bilan borib o‘qishni davom ettirgan. O‘quvchilarni Sanchiquldagi 11-maktabga Arziyev Xudoynazar (1916-2010), Aliyev Saʼdin (1934-2003)lar ot-aravada kunlik olib borib, olib kelishgan. Aravani qora va qizil rangli otlarga qo‘shgan. Qora rangli otning laqabi „karik“, qizil rangli otning laqabi „qovoq“ bo‘lgan. Bu ot-arava mahalliy xalq tilida „Furgon“ deyilgan. 1956-yilda maktab o‘zbek tilida o‘qitiladigan maktabga aylantirilgan. 1964-yilda Hamid Olimjon nomli sakkiz yillik 70-son maktab, 1970-yil Yuriy Gagarin nomli 70-o‘rta maktab, 1986-yil Abdulla Qodiriy nomli 9-o‘rta maktab, 2004-yildan 9-umumiy o‘rta taʼlim maktabi maqomida faoliyat yuritib kelyapti. Maktab direktorlari:
- 1947-1956-yillar Gonanenko
- 1956-1964-yillar Hayitov Abruy
- 1964-1965-yillar Abdunazarov Baxtiyor
- 1966-1967-yillar E.Rajabov
- 1967-1969-yillar Abdunazarov Baxtiyor
- 1969-1973-yillar Haqberdiyev Nurmamat (1944-yil tug‘ilgan)
- 1973-1974-yillar Nafasov Ko‘char (1941-yil tug‘ilgan)
- 1974-1977-yillar Mamatov Rahmon (1926-2012)
- 1977-1999-yillar Sulaymonov Ergash (1942-yil tug‘ilgan)
- 1999-2000-yillar Eshonqulov Xurram (1961-yil tug‘ilgan)
- 2000-2003-yillar Saxatov Xasan (1961-yil tug‘ilgan)
- 2003-2009-yillar Usmonov Asliddin (1972-yil tug‘ilgan)
- 2009-2012-yillar Mamatov Baxriddin (1967-yil tug‘ilgan)
- 2012-2014-yillar Saxatov Sharifjon (1987-yil tug‘ilgan)
- 2014-2015-yillar Mamatov Absalim (1962-yil tug‘ilgan)
- 2015-2019-yillar Barotova Zulfiya (1972-yil tug‘ilgan)
- 2019-yil hozirgacha Raximov Mamarasul (1961-yil tug‘ilgan)
Fermir Xo‘jalik o‘yushmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xonchorbogʻ yerlarida Belarus millatiga mansub Petrushkevichning oʻgʻli Fyodor XX-asrning 30-yillarida Zarafshon vohasiga Amerikadan keltirilgan ilk(Markiz Osiyoda) temir gʻildirakli "Fordzon" traktorlarini haydaganlardan biri boʻlgan. Qishloqda yashovchi otaxonlar oʻsha traktorlarni yaxshi eslashadi.Xonchorbog‘ Fermerlar uyushmasi xo‘jaligi faoliyat yuritib kelmoqda. Xo‘jalik raislari:
- 1930-yillar Rozen
- 1964-1969-yillar Akbar Rahimov
- 1969-1973-yillar Nassrullo Latipov
- 1973-1977-yillar Norbek Xasanov
- 1977-1978-yillar Sattor Xamidov
- 1978-1984-yillar Halim Xakimov
- 1984-1987-yillar Razzoq Jabbarov
- 1987-1988-yillar Ismoil Rahimov
- 1988-1990-yillar Narziqul Eshonqulov
- 1990-1993-yillar Baxtiyor Sulaymanov
- 1993-1996-yillar Xolmamat Bo‘riyev
- 1996-1997-yillar Nurmamat Raxmatov
- 1997-2000-yillar Yo‘ldosh Nahangov
- 2000-2001-yillar Ilhom Mavlonov
- 2001-2003-yillar Meyli Mustayev
- 2003-2003-yillar Turg‘un Normurodov
- 2003-2007-yillar Bahodir Nurmuhammedov
- 2007-2013-yillar Abdunosir Ashurov
- 2013-2014-yillar Alisher Tojiyev
- 2014-2015-yillar Umar Rayimov
- 2015-2017-yillar Zarif Sulaymanov
- 2017-2017-yillar Bahodir Nurmuhammedov
- 2017-2019-yillar Abdunosir Ashurov
- 2019-2021-yillar Xurshid Jovbo‘riyev
- 2021-yildan hozirgacha Saydalim Kalonov
Urush qatnashchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]
1938-yilda Xonchorbog‘ga ko‘chib kelgan Jumayev Qushoq (1906-1986) Pastdarg‘om tuman harbiy bo‘limidan harbiy xizmatga safarbar etiladi.1942-yilda dushman qurshovida qolib og‘ir tan jarohati oladi. Bu haqdagi xabar o‘sha yili Jumayev Qushoqning oilasiga yetib keladi. Biroz harbiy shifoxonada davolanib chiqib yana urushga qaytgan. 1943-yil 14-sentyabrda ko‘zidan jarohat oladi va yana harbiy shifoxonaga yotqiziladi. Sog‘ayib harbiy xizmatni davom ettirib, yurtga yorug‘-nurli yuz bilan, zafar quchib qaytadi. Mahallada yashab oʻtgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari:
- Arziyev Xudoynazar (1916-2010)
- Valiyev Mirxoz (1911-1998)
- Yoqubov Mo‘min
- Jumayev Qushoq (1906-1986)
- Isxoqov Ibrohim (1922-2012)
- Mirzayev Qoraxon (1922-1993)
- Nazarov Mirzan (1918-2002)
- Nazarov Bekmurod (1909-1991)
- Po‘latov Rabbim (1924-2003)
- Rasulov Tilov (1921-1977)
- Rahimov Haydar (1917-1994)
- Saidov Umarxo‘ja kapitan
- Saidov Xolmurod (1925-1944)
- Sattarov Farrux (1913-1988)
- Saxatov Sattor (1912-1987)
- Saʼdinov Ko‘chak (1924-2010)
- Xoldarov Xolmirza (1916-1997)
- Shamsiddinov Mirza (1920-1990)
- Elmanov Boymurod (1921-2000)
- Yusupov Xolxo‘ja (1918-1994)
- G‘afforov Hamra (1921-1998)
- Hamroyev Jo‘ra (1917-1994)
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- "Hofiz Tanish Buxoriy". „Abdullanoma“ (oʻzbek tilida). Buxoro: „Sharq“ nashriyoti, 2000 — 288 bet. (Wayback Machine saytida 2023-07-08 sanasida arxivlangan)
- "И.А.Сухарев". „АРХЕОЛОГИЯ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ: АРХИВНЫЕ МАТЕРИАЛЫ“ (rus tili). Samarqand: „Самарканд“ nashriyoti, 2016 — 310 bet.
- "Baxtiyor O'rdashev". „Xotiram Lavxalari“ (o'zbek tili). Khancharvak: „Ma'naviyat“ nashriyoti, 2020 — 448 bet.
- "Dilsora Suyunova". „Terrakota xaykalchalarida milliylik“ (o'zbek tili). Khancharvak: „Sharq Yulduzi“ nashriyoti, 2007 — 3 bet.