Juma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Juma - payshanba va shanba orasidagi hafta kuni.


Juma (arab. — jam boʻlish) — 1) Grigoriy kalendarida hafta tarkibiga kirgan kunlardan beshinchisining nomi; 2) musulmonlar taqvimida oltinchi kun nomi. Islom dinida "sayyid ul-ayyom" — kunlarning ulugʻi sifatida eʼzozlanadi. J. kuni peshin namozi oʻrniga J. namozi oʻqiladi. Imom-xatiblar namoz oldidan yarim soat chamasida mavʼiza (liniy vaʼz) oʻqiydilar. Soʻng ikki bor azon aytilib, katta jamoat b-n namoz ado etiladi. Musulmon mamlakatlarida J. kunini dam olish kuni deb belgilagan boʻlsalarda, asli bu kunda dam olish shart emas. Chunki Qurʼoni karimning "Jumʼa" surasida: "Juma namozini oʻqib boʻlganlaringizdan keyin (kasbhunar, savdo-sotiq ishlaringiz sari) tarqab ketingizlar va Allohning fazli (rizqi)ni soʻrangizlar" (Abdulaziz Mansur tarjimasi) deyilgan.[1]


Hafta kunlari
Dushanba | Seshanba | Chorshanba | Payshanba | Juma | Shanba | Yakshanba

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil