William Herschel
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Tavalludi | 15-noyabr, 1738-yil Hanover, Brunswick-Lüneburg, Muqaddas Rim Imperiyasi |
|---|---|
| Vafoti | 25-avgust, 1822-yil (83 yoshda) Slough, Berkshire, Angliya |
| Fuqaroligi | Olmon, keyin britan |
| Sohasi | Astronomiya, musiqa |
| Mashhur ishlari | Uran, infraqizil nurlanish va qator osmon jismlari kashfiyoti |
| Mashhur sovrinlari | Copley medali |
Frederick William Herschel (talaffuzi: Frederik Uilyam Hershel; 15-noyabr 1738 – 25-avgust 1822) olmon-britan astronomi, texnik mutaxassisi va bastakori boʻlgan. Hanoverda tugʻilgan William 19-yoshida Buyuk Britaniyaga koʻchib ketgan. Herschel Uran sayyorasi va uning ikki tabiiy yoʻldoshi — Titania va Oberonni kashf qilgan shaxs sifatida mashhurdir. U shuningdek Saturn yoʻldoshlari, boshqa osmon jismlari va infraqizil nurlanishni ochgan. Herschel musiqa bilan ham shugʻullangan, u yigirma toʻrtta simfoniya bastalagan.