Infraqizil nurlanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Infraqizil nurlanish — toʻlqin uzunliklari 0,74 mkm dan 1 – 2 mm gacha boʻlgan koʻzga koʻrinmas elektromagnit nurlanish. Ingliz olimi V. Gershel aniqlagan (1800). Infraqizil nurlanish spektri shartli ravishda yaqin (toʻlqin uz. X=0,74—2,5 mkm), oʻrta (2,5 — 50 mkm) va uzok. (50 — 2000 mkm) sohalarga boʻlinadi. Moddalarning optik xususiyatlari (shaffofligi, nur qaytarish va sindirish koeffitsiyenti) ultrabinafsha va koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasi (0,4—0,74 mkm) dan Infraqizil nurlanish spektri sohasiga oʻtishda keskin oʻzgaradi. Koʻpgina moddalar koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlsa, Infraqizil nurlanish spektri sohasining ayrim qismlarida shaffof boʻlmasligi (yoki aksincha) mumkin. Mas, bir necha sm kalinlikdagi tiniq suv qatlami toʻlqin uz. X >1 mkm boʻlgan Infraqizil nurlanish uchun shaffof boʻlmaydi; koʻzga koʻrinadigan nurlar spektri sohasida shaffof boʻlmagan germaniy va kremniy plastinkalari Infraqizil nurlanish spektri sohasida shaffof boʻladi (germaniy uchun "1,8 mkm, kremniy uchun "1,0 mkm); qora qogʻoz Infraqizil nurlanish spektrining uzok, sohasida shaffof boʻladi. Koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlmagan, lekin Infraqizil nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlgan moddalar Infraqizil nurlanish ni ajratishda yorugʻlik filtrlari sifatida ishla-tiladi.

Koʻpgina metallar koʻzga koʻrinadigan nurlanish sohasiga qaraganda Infraqizil nurlanish sohasini yaxshiroq qaytaradi, yaʼni ularning qaytarish xususiyati birmuncha yuqori. Masalan, A1, Ai, Ag, Si kabi elementlar toʻlqin uz. A.= 10 mkm boʻlgan Infraqizil nurlanish ning 98% ini qaytaradi. Infraqizil nurlanish yer atmosferasidan oʻtayotganida yutilishi va sochilishi tufayli uning intensivligi kamayadi.

Infraqizil nurlanish spektri ultrabinafsha va koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri kabi chiziqli, yoʻl-yoʻl va uzluksiz boʻladi. Gʻalayonlangan atomlar (yoki ionlar) bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishidagina Infraqizil nurlanish spektri chizikli boʻladi. Masalan, simob atomlarining nurlanishi Infraqizil nurlanish chegarasiga yaqin (X= 1,01 —2,32 mkm) bir necha chizikli spektrdan ibo-rat. Gʻalayonlangan molekulalar yoʻl-yoʻl infraqizil spektrda nurlanadi, bu spektr molekulalarning tebranma va aylanma harakatiga bogʻliq (qarang Moleku-lyar spektrlar). Qizdirilgan qattiq jismlar yoki suyukliklarning Infraqizil nurlanish spektri uzluksiz boʻladi. Lekin uning intensivligi jism (suyuklik) temperaturasiga bogʻliq. Past temperatura (< 500°) dagi jism nurlanishining Infraqizil nurlanish intensivligi deyarli katta emas, shuning uchun unday jism Infraqizil nurlanish manbai boʻla olmaydi. Eng koʻp ishlatiladigan Infraqizil nurlanish manbai volfram tolali (quvvati 250—1000 Vt) lampalar hisoblanadi.

Infraqizil nurlanish dan ilmiy tadqiqot ishlarida, harbiy maqsadlarda, tibbiyot va koʻpgina amaliy masalalarni hal qilishda foydalaniladi (qarang Infraqizil fotografiya, Infraqizil qizdirish). Infraqizil nurlanish bilan qorongʻida obʼyektlarni suratga olish, oʻchib ketgan xatni tiklash (oʻqish), signallarni uzatish va q. k. ishlar bajariladi. Infraqizil nurlanishni qayd qilish uchun qabul qiluvchi issiklik va foto-elektr asboblari, shuningdek, maxsus fotomateriallardan foydalaniladi. Infraqizil nurlanish choʻgʻlanish lampalari, gaz-razryadli lampalar nurlanishining ancha qismini, Quyosh nurlarining 50% ga yaqinini tashkil qiladi; baʼzi lazerlar oʻzidan Infraqizil nurlanish chiqaradi.

Ergash Nazirov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil