Vladimir Shishelov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Shishelov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shishelov Vladimir Aleksandrovich
Tavallud sanasi 8-noyabr 1979-yil (1979-11-08) (44 yosh)
Tavallud joyi Krasnodar oʻlkasi RSFSR
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996 Oʻzbekiston Progress (18 (8))
1997—1999 Oʻzbekiston Zarafshon (54 (34))
2000 Oʻzbekiston Buxoro (29 (11))
2001 Rossiya Shinnik (2 (0))
2001—2002 Rossiya Lada (27 (8))
2002—2004 Sovet Ittifoqi Zimbru (45 (28))
2004 Oʻzbekiston Paxtakor (11 (2))
2005 Rossiya Ximki (2 (0))
2005 Sovet Ittifoqi Chanchun Yatay (9 (6))
2007 Oʻzbekiston Quruvchi (17 (3))
2018 Rossiya Zvezda (21 (10))
2018—2009 Rossiya Ural (56 (29))
2010—2011 Rossiya Jemchujina-Sochi (27 (5))
2011—2012 Rossiya Fakel (Voronej) (16 (3))
2012 Oʻzbekiston Andijon (11 (7))
2012 Oʻzbekiston Nasaf (11 (6))
2013 Rossiya Metallurg-Kuzbass (11 (2))
2014 Oʻzbekiston Qizilqum (11 (3))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Shishelov Vladimir Aleksandrovich (8-noyabr 1979-yil, Apsheronsk, Krasnodar Krasnodar oʻlkasi, RSFSR, SSSR) – rus va oʻzbek futbolchisi, hujumchi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladimir Shishelov 7 yoshidan boshlab futbolga qiziqqan. Professional faoliyatini esa Zarafshon shahrining „Progress“ jamoasida boshlagan. Uning birinchi murabbiy – Viktor Konstantinovich Pujalin hisoblanadi.

Uning birinchi professional klubi „Qizilqum Zarafshon“ boʻlib, 1996-yilda oʻynay boshlagan. 1997-1999-yillarda „Zarafshon Navoiy“ jamoasida toʻp surgan. U 2002-yilda Zimbru Kishinyovga koʻchib oʻtdi. U klubda ikki mavsum oʻynadi. Birinchi mavsumida u Liga oʻyinlarida 13 ta gol urdi va Liganing 2-eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2003-04-yilgi mavsumda u 15 ta gol urdi va Moldova milliy divizionining eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Shishelov 2003-yilda Kishinyovning „Zimbru“ jamoasida oʻynab, Moldova kubogini qoʻlga kiritgan. Shishelov 2008-yilgi mavsum oxirida jamoa oʻyinlarida 23 ta gol urib, Birinchi divizion toʻpurarlari oʻrtasidagi bahsda ikkinchi oʻringa koʻtarilib olgan.[1] 2009-yilda Vladimir mahalliy jurnalistlar tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra „Ural“ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.[2] 2009-yil dekabr oyida u Birinchi divizionning yangi aʼzosi „Jemchujina-Sochi“ (Rossiya futbol klubi)klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.[3] Vladimir Shishelov 2014-yilning yanvarida professional faoliyatini boshlagan klubiga qaytgan. Oʻsha paytga kelib ushbu jamoa oʻz nomini ,,Qizilqum" nomi deya oʻzgartirgan.

U 2000-2012-yillar oraligʻida milliy terma jamoa safida 28 oʻyin oʻtkazib, 11 gol urgan.  U endi Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynay olmaydi, chunki u hozir Rossiya fuqarosi va Oʻzbekistonda ikki fuqarolikka ruxsat berilmaydi.[4]

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shinnik Yaroslavl
  • Rossiya Birinchi Ligasi gʻolibi (1): 2001
Zimbru Kishinyov
  • Moldova milliy divizioni 2-oʻrin sohibi (1): 2002-03
  • Moldova kubogi (2): 2003, 2004
Bunyodkor
  • Oʻzbekiston ligasi (1): 2007
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi (1): 2007
Nasaf
  • Oʻzbekiston kubogi ikkinchi oʻrin (1): 2012

Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekistonning eng yaxshi oʻyinchisi ikkinchi oʻrin (1): 2003
  • Moldova milliy divizioni toʻpurari: 2003-04 (15 gol)

Faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa uchun gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

7 September 2012[5]
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1 30 April 2003 Toshkent, Oʻzbekiston  Belarus 1-2 Magʻlubiyat Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 6 November 2003 Toshkent, Oʻzbekiston  Gonkong 4-1 Gʻalaba 2004 AFC Asian Cup qualification
3 6 November 2004 Toshkent, Oʻzbekiston  Gonkong 4-1 Gʻalaba 2004 AFC Asian Cup qualification
4 8 November 2003 Toshkent, Oʻzbekiston  Tailand 3-0 Gʻalaba 2004 AFC Asian Cup qualification
5 8 November 2003 Toshkent, Oʻzbekiston  Tailand 3-0 Gʻalaba 2004 AFC Asian Cup qualification
6 17 November 2003 Bangkok, Tailand  Tojikiston 4-1 Gʻalaba 2004 AFC Asian Cup qualification
7 17 November 2003 Bangkok, Tailand  Tojikiston 4-1 Gʻalaba 2004 AFC Asian Cup qualification
8 9 June 2004 Toshkent, Oʻzbekiston  Falastin 3-0 Gʻalaba 2006 FIFA World Cup qualification
9 30 July 2004 Chengdu, China  Bahrayn 2-2 Durang 2004 AFC Asian Cup
10 9 March 2007 Shymkent, Qozogʻiston  Qirgʻiziston 6-0 Gʻalaba Oʻrtoqlik uchrashuvi
11 27 March 2007 Macau, China  Xitoy 1-3 Magʻlubiyat Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]