Urugʻli meva daraxtlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Urugʻli meva daraxtlari - raʼnodoshlar oilasiga mansub urugʻli meva beradigan oʻsimliklar. Bularga olma, behi, nok, doʻlana, mushmula va b. kiradi. U.m.d. bir nechta tur va turxillarni oʻz ichiga oladi. Olma, nokning minglab navlari bor. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi. Danakli meva daraxtlariga nisbatan kechroq hosilga kiradi, lekin koʻp umr koʻradi, sovuqqa chidamli, mevasi uzoq saqlanadi.