Raʼnodoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Raʼnodoshlar, atirguldoshlar (Rosaceae) — ikki urugʻ pallali usimliklar oilasi. Daraxt, buta va utlardan iborat. Barglari ketmaket joylashgan. Gullari toʻgʻri, asosan, ikki jinsli, yakka yoki koʻpincha toʻpgulda oʻrnashgan. Changchisi koʻp; meva barglari bitta va koʻp boʻladi. Mevasi — poʻstli, koʻsakcha, olma, danak va b. koʻrinishda boʻladi. Baʼzi madaniy R.da mevalar partenokarp va urugsiz tuzilgan. 100 ga yaqin turkumi (3000 dan ortiq turi) bor. Butun yer sharida Tapkalgan. Asosan, Shim. yarim sharning moʻʼtadil va subtropik hududlarida tarqalgan. Oʻzbekistonda 38 turkumga mansub 266 turi usadi. R. oilasi koʻpincha quyidagi kenja oilalar: tobulgidoshcha lar (mevasi — koʻp poʻstli); olmadoshchalar (mevasi— olma); atirguldoshchalar (mevasi — koʻp koʻsakcha); ol xoʻridosh ch alar (mevasi — danakcha)ga boʻlinadi.

R.ga mevali (olma, nok, behi, olcha, olvoli gilos, olxoʻri, oʻrik, shaftoli va b.), rezavor mevali (malina, qulupnay, maymunjon va b.), manzarali (atirgul, tobulgʻi va b.) oʻsimliklar kiradi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil