Turkiston legioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turkiston legioni
Turkistan Legion patch.svg
Turkiston legioni ramzi
Turi: Maxsus boʻlinma
Mamlakat: Natsistik Germaniya bayrogʻi Uchinchi reyx
Faoliyat yillari: 1941-1944
Tarkibi: 11 000dan ortiq kishi
Qatnashgan: Ikkinchi jahon urushi

Turkiston legioniMarkaziy Osiyoda tug'ilgan turkiylardan tashkil topgan Vermaxt ning bo'linmasi. Sovet propagandasi bo'linmaning tashkil topishida Mustafo Choʻqayni ayblagan, lekin bunday bo'linmani tashkil qilishni olmonlar 1933-yilda o'ylab qo'ygan edilar. Axir, Turkiston legioni faqatgina ulkan Sharqiy legionning bir qismi edi. Cho'qayga antisovet muhojiri sifatida 1941-yili buni taklif qilishgan edi. Lekin, u rozi bo'lmaydi va Turkiston legionining birinchi boshlig'i deb o'zbek millatiga mansub bo'lgan Vali Qayumni tayinlashadi.

Ularni birlashtiradigan asosiy maqsad Turkiston rus zulmidan ozod qilish edi. Bo'linmani to'ldirib turadigan manba Qizil armiya tarafida kurashgan va asrga tushgan askarlar ,hamda Yevropa va Turkiyada yashaydigan muhojirlar edi.

Tarix[tahrir]

Bu paytga kelib Turkiston 23 yildan beri SSSR tarkibida edi(1918-yildan bolsheviklar tomonidan Turkiston muxtoriyati mag'lub etilganidan so'ng). Shu bilan birga, aytib o'tish kerakki Rossiya imperiyasi ham Turkistonda attigi 40 yil hukmronlik qildi. Qo'lida miltiq ushlab kelgan xalq mahalliy aholining ko'ngliga yo'l topa olmadi. Ko'pchilik yangi hukumatga qarshi bosh ko'tarmasa ham, ko'nglida to'laligicha mustamlakachilikka qarshi edi. Lekin, 1941-yilga kelib sovet propagandasi avjiga chiqqan, o'sib kelayotgan avlod esa komunistik ruhda o'sayotgan edi va bu yilga kelib xalqning sovetlar davlatiga qarshi bosh ko'tarishi iloji yo'qdek tuyulardi. Lekin, muhojirlikda yashayotgan xalq sovet hukumatini qulashi turkiy yerlar ozod bo'lishini chin dildan xohlar edi. Shu odamlar orqali olmonlar antisovet legionlarini tuzishga ahd qilishdi.

Harbiy harakatlarda ishtiroki[tahrir]

Turkiston legioni 1941 yilning 15-noyabrida tashkil qilingan. Turkiston polkining 444-qo'riq diviziyasi sifatida yaratilgan. «Turkiston polki» 4ta rotadan tashkil topgan edi. Qishda 1941/42yillar Shimoliy Tavriyada harbiy harakatlarda ishtirok etgan. 1942-yilning fevralida Polshada Turkiston legioning o'qiv lageri tashkil qilingan. Sharqiy legionga bo'ysunardi. (olm. Kommando der Ostlegionen). 1942-yilning qishida frontga 2ta turkiston batalyonlari yuborilgan (450 va 452), keyin — to'rtta (781—784), bahorda 1943-yili — 8ta batalyon (785—792). Polsha territoriyasida barchasi bo'lib 14ta turkiston batalyonlari tuzilgan.1944-yilga kelib fronta 24ta batalyon ishtirok etgan.

Ko'pchilik turkiston batalyonlari general-polkovnik F.Paulyusning 6-armiyasiga tegishli edi. 1942 yildan 1943-yilgacha Astraxanda 16-motodiviziya tarkibida 450, 782 и 811- turkiston batalyonlari ishtirok etishgan. 1943 yil mayida Noyxammerda 162-turkiston piyoda askarlari tuzilgan general-mayor fon Nidermayer rahbarligi ostidа. 1943-yili diviziya Sloveniyaga yuboriladi, keyin esa Italiyaga. Urush so'nggida Sharqiy-turkiy SS bo'linmasi bilan qo'shib yuboriladi.Urush oxorigacha Turkiston legioniga o'zbek millatiga mansub bo'lgan Boymirza Hayit raxbarlik qiladi. Shu alohida ta'kidlab o'tish kerakki Boymirza Hayit O'zbekistonning mustaqilligini ko'rishga erishadi.

Maqsadlar[tahrir]

Turkiston legionining askarlariga Buyuk Turksiton davlati tuzilishi vada qilingan edi.Shu ,bilan birga Buyuk Turkiston tarkibiga O'rta Osiyo, Boshqirdiston, Volgabo'yi, Azarbayjon, Shimoliy Kavkaz va Sintzyan ham qo'shilishi kerak edi. [1].

Qiziq malumotlar[tahrir]

  • Turkiston legionining bayrog'i Qo'qon xonligi bayrog'i asosida yaratilgan.

Manbalar[tahrir]