Tukli smorodina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tukli smorodina
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak o'simliklar
Sinf: Ikki urug'pallalilar
Turkum: Smorodina

Yoʻl-yoʻl smorodina, yoki tukli smorodina (lotincha: Rībes heterotrīchum) — smorodina turkumiga mansub tur.

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oltoyda, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Xitoyda hamda Pokistonning shimolidagi togʻ yonbagʻirlarida, dengiz sathidan 1500-3000 metr balandlikda oʻsadi[1].

Botanika tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tukli smorodina boʻyi 1,5 metrga yetuvchi ikki uyli buta. Kurtaklari jigarrang, tuxumsimon naysimon yoki choʻzinchoq, uzunligi 4-5 mm.

Barglari yumaloq, 3-5 boʻlakli, asosi keng tirnoqsimon, ikki tomoni bezlar bilan qoplangan.

May-iyun oylarida gullaydi. Guli tik, changchili gulning uzunligi 5 sm, urugʻvhili gul qisqaroq (3 sm gacha).

Mevalarining diametri 4-6 mm qizil yoki qizil-sariq sharsimon rezavor. Iyul-avgust oylarida pishib yetiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „taxon“. Germplasm Resources Information Network (GRIN). Agricultural Research Service (ARS), United States Department of Agriculture (USDA).(ingl.)