Tsuruoka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tsuruoka

鶴岡市
Shahar
Skyline of Tsuruoka
Tsuruoka
Bayroq
Tsuruoka
Gerb
38°43′38″N 139°49′36″E / 38.72722°N 139.82667°E / 38.72722; 139.82667 G OKoordinatalari: 38°43′38″N 139°49′36″E / 38.72722°N 139.82667°E / 38.72722; 139.82667 G O
Mamlakat Yaponiya
Asos solingan 1924-yil 1-oktabr
Maydon 131,153 km2 (50,638 mi²)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020-yil fevral)
125 389
Zichligi 95,74 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTCUTC+09:00
Tsuruoka xaritada
Tsuruoka
Tsuruoka
Tsuruoka shahar idorasining koʻrinishi

Tsuruoka (yaponcha: 鶴岡市 Tsuruoka-shi?) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 31-yanvar holatiga koʻra, shaharda 49.024 ta xonadonda 125.389 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 95,74 kishini tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 1311,53 kvadrat kilometr (506,38 kvadrat mil) ni tashkil etadi. Tsuruoka sirt maydoni boʻyicha Toxoku mintaqasidagi eng katta shahardir[2].

Bugungi Tsuruoka 1953-yilda shahar markazidagi Atsumi, Asahi, Fudishima, Kushibiki va Xaguro kabi bir qancha mahallalarning birlashishi natijasida paydo boʻlgan[3].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tsuruoka Yamagata prefekturasining Yapon dengizi bilan chegaradosh qirgʻogʻida joylashgan boʻlib, Yunohama va Sanze kabi mahalliy mashhur plyajlarga ega. Deva viloyatining uchta mashhur togʻlarining har uchtasi shahar chegaralsda joylashgan.

Tsuruoka orqali ikkita asosiy daryo oqib oʻtadi, bular: Akagava daryosi (赤川, tarjimasi „Qizil daryo“) va Mogami daryosi .

Qoʻshni munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tsuruoka nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli kuzatilsa-da, ammo avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Tsuruokada oʻrtacha yillik harorat 12.9 °C (55.2 °F) ni etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2,191.4 mm (86.28 in) boʻib, dekabr eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25.3 °C (77.5 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan 1.7 °C (35.1 °F) boʻladi. Mintaqa qishda kuchli qor yogʻishi bilan mashhur va Sekigava hamda Atsumi mahallalarida yashovchi odamlar 2 metrgacha qor yogʻganligining guvohi boʻlishgan, bu esa olib tashlanganidan keyin yoʻl boʻylab baland qor devorlari paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Birinchi qor odatda noyabr oyining oxirida yogʻadi, lekin haqiqiy qor yogʻishi odatda yanvar oyida sodir boʻladi. Qizil barglar odatda oktyabr oyining oxirida paydo boʻladi va noyabr oyining oʻrtalarida barglar toʻliq toʻkilib boʻladi.

Tsuruoka (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 15,2 21,4 24,4 30,4 32,3 33,8 37,8 39,9 38,2 31,7 25,2 19,5 39,9
Oʻrtacha maksimal, °C 4,4 5,1 9,1 15,7 21,2 24,8 28,2 29,9 26,0 20,0 13,7 7,5 17,1
Oʻrtacha minimal, °C −0,9 −1,1 1,0 5,3 11,1 16,0 20,3 21,4 17,3 11,0 5,3 1,2 9,0
Mutlaq minimal, °C −9,6 −11,6 −11 −4,3 2,2 6,9 11,5 13,7 7,2 1,5 −3,3 −11,3 −11,6
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 218,3 134,8 130,0 106,8 119,9 124,3 220,2 198,9 184,6 207,7 267,0 278,7 2 191,4
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[4][5]
Nezugaseki, Tsuruoka (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 15,3 20,4 24,9 28,8 29,0 33,1 37,6 40,4 39,1 30,6 25,4 20,7 40,4
Oʻrtacha maksimal, °C 5,1 5,5 8,8 14,5 19,7 23,2 26,9 28,9 25,3 19,6 13,9 8,4 16,7
Oʻrtacha minimal, °C −0,1 −0,3 1,5 5,6 10,9 15,6 20,3 21,6 17,6 11,8 6,5 2,2 9,4
Mutlaq minimal, °C −6,3 −7,5 −6,7 −3,7 1,8 7,0 10,7 12,9 7,2 2,8 −1,3 −6,3 −7,5
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 171,0 107,5 118,4 115,0 130,4 137,7 225,4 201,3 187,6 198,6 227,7 217,3 2 037,9
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[6][7]

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[8], Tsuruoka aholisi soʻnggi oʻn yilliklarda kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1920126,228—    
1930136,332+8.0%
1940142,15+4.3%
1950172,467+21.3%
1960167,81−2.7%
1970153,173−8.7%
1980153,33+0.1%
1990150,84−1.6%
2000147,546−2.2%
2010136,623−7.4%
2020125,347−8.3%

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Tsuruoka hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan va Edo davrida Tokugava syogunati ostidagi Shonay domenining nazorati ostida boʻlgan. Bu kitamaebune qirgʻoq savdosi uchun kichik port vazifasini bajargan.

Meiji davri boshlangandan soʻng, hudud 1878-yilda Yamagata prefekturasi, Nishitagava tumani ostidagi Tsuruoka shaharchasi sifatida tashkil etilgan. 1924-yil 1-oktabrda u shahar maqomiga koʻtarilib, Yaponiyaning 100-shahariga aylandi. 1955-yilda shahar Kamo shahri va toʻqqizta qoʻshni qishloqlarni qoʻshib olish orqali kengaytirildi. Oyama shahri 1963-yilda Tsuruoka shahriga qoʻshib olingan.

2005-yil 1-oktyabrda Fujishima, Haguro va Kushibiki shaharlari, Asahi qishlogʻi (barchasi Higashitagava tumanidan) va Atsumi shahri (Nishitagava tumanidan) Tsuruokaga birlashtirildi.

Hukumat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tsuruokada toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 24 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakli mavjud. Shahar Yamagata prefekturasi assambleyasiga besh aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Yamagata 3-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tsuruoka yengil sanoat, tijorat xizmatlari, qishloq xoʻjaligi va tijorat baliq ovlashga asoslangan aralash iqtisodiyotga ega.

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tsuruokada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 26 ta davlat boshlangʻich maktabi va 11 ta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan oltita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Yana hududda, ikkita xususiy oʻrta maktab mavjud. Prefekturada nogironlar uchun ikkita maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan.

Kollejlar va universitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy maktablar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrta maktablar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshlangʻich maktablar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sogʻliqni saqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tsuruoka Shonai kasalxonasi
  • Tsuruoka Kyoritsu kasalxonasi
  • Yutagava Onsen reabilitatsiya tibbiyot markazi

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aeroportlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Uetsu magistral liniyasi

  • Nezugaseki — Koivagava — Atsumi Onsen — Iragava — Kobato — Sanze — Uzen-Mizusava — Uzen-Ōyama — Tsuruoka — Fujishima

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yamagata tezkor yoʻli: Yudonosan, Shōnai Asahi, Tsuruoka oʻtish stansiyalari
  • Nihonkai-Tōhoku tezkor yoʻnalishi
  • Milliy yoʻnalish 7
  • Milliy yoʻnalish 112
  • Milliy yoʻnalish 345

OAV[tahrir | manbasini tahrirlash]

Televidinya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • NHK Tsuruoka radioeshittirish stansiyasi

Gazetalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shonai Nippo

Madaniyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻ ruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tsuruoka asosan „Devaning uchta togʻi“ nomli choʻqqilar bilan mashhur boʻlib, ular orasidagi eng kichik Haguro togʻi atigi 436 m; eng baland togʻi Gassan togʻi 1984 m; va Yudono togʻi 1500 m balandlikka ega.

Yamabushi va Shugendo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tsuruokaning Yamabushi libosi

Bu uchta togʻ Shugendo amaliyotining oʻzagi hisoblanadi. Shugendô 修験道 (soʻzma-soʻz tarjimasi: astsetik amaliyot yoʻli) koʻpincha sintoizm 神道, din va buddizmning sinkretizm shakli sifatida qabul qilinadi. Yamabushi díní, tom maʼnoda: „Togʻda uxlayotgan odamlar“ (shungendô bilan shugʻullanadigan odamlar) maʼnosini anglatadi. Ular Buddaga ishonishadi, lekin tabiatda mavjud boʻlgan barcha narsalarda xudo yashashi xususida bahs yuritishadi. Yamabushi diniga eʼtiqod qiluvchilar, oʻz tengdoshlari bilan muloqot qilish va yomon ruhlarni uzoqlashtirish uchun, uzundan-uzun kamzul kiyib, karnay chalib yurishni, togʻni himoya qilishni va tabiat bilan bogʻliq holda gunohsiz hayot kechirishni maqsad qiladi.

Uchta togʻga qilinadigan ziyorat ham shu maʼnoda amalga oshiriladi. Uchta togʻ ramziy maʼnoda oʻlim va qayta tugʻilishni anglatadi. Haguro togʻining 2466 ta tosh zinapoyasidan pastga tushish va koʻtarilish orqali odamlar „ramziy oʻlim“ va „qayta tugʻilish“ni sinab koʻrishlari mumkin, shundan soʻng ular Gassan togʻi va uning tumanli landshaftlari tasvirlangan oʻliklar dunyosiga kirishlari mumkin. Yudono togʻining tabiiy qaynoq buloqlari bilan ular oʻz tanalarini va ruhlarini gunohlardan tozalaydilar.

Shôjin ryôri Saykanda (Haguro togʻi)

Yamabushi tomonidan anʼanaviy ravishda isteʼmol qilinadigan vegan taomi boʻlgan Shôjin 精進料理 (toʻgʻridan-toʻgʻri tarjimasi: „maʼnaviy yuksalish uchun oziq-ovqat“) taomida hayvonot mahsulotidan foydalanilmaydi, lekin uning oʻrniga sansai 山菜 („Togʻ sabzavotlari“), shuningdek, mahalliy guruch, qoʻlda ishlangan gomadôfuごま豆腐 (kunjut taʼmli tofu), bambuk nihollari, sirkali xrizantema gullari va qoʻziqorinlar ishlatiladi. Ziyoratchilarga xizmat qiladigan shukubô 宿坊 (sayohatchilarni tungi ibodatxonalari)da juda koʻp turli xil shojin ryôri taomi mavjud, lekin u odatda miso shoʻrva va oq guruch bilan tayyorlanib, odatda kichik idishlarda dasturxonga tortiladi.

Milliy boyliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haguro togʻida Yaponiyaning milliy boyliklaridan biri boʻlgan Besh qavatli Pagoda (gojûnotô 五重塔) joylashgan. Pagodaning markaziy ustuni uni zilzilalardan himoya qiladi, bu esa Tokiodagi Skytree arxitekturasini ilhomlantirgan. Shuningdek, Haguro togʻi hududida 1000-yildan ortiq vaqtdan beri mavjud boʻlgan 30 m balandlikdagi sadr Jiji-sugi 爺杉 („Bobo sadr“) daraxti joylashgan.

Pazandachilik madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meros va ijodkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda Tsuruoka YuNESKOning gastronomiya ijodiy shahri sifatida roʻyxatga olingan. Bir necha asrlar davomida mavjud boʻlgan va saqlanib qolgan 50 dan ortiq „ajdodlar taomlari“ (zairai sakumotsu 在来作物) shaharning bu nomga ega boʻlishining sabablaridan biri hisoblanadi. Bular qatorida: minden nasu 民田なす (uzun va yupqa shlyapali dumaloq baqlajon), karatori imo からとりいも (achchiq-shirinlashtiruvchi kartoshka), atsumi kabu 温海かぶ (Atsumi sholgʻomi, yonbagʻirlarda oʻsadigan qizil sholgʻom), ootaki sabzisi 大滝ニンジン[9] va boshqalar kiradi. Bunday qadimiy taomning mavjudligi Tsuruokaning gastronomiya ijodiy shahri sifatida roʻyxatga olinishining yagona sababi emas. Ushbu ingredientlarni tayyorlashning oʻziga xos usuli ham mavjud boʻlib, hozirgacha saqlanib qolgan. Tsuruokaning eng mashhur taomlari quyidagilardir: kandarajiru 寒鱈汁 (tarkibida qishda ovlangan qora treska boʻlgan shoʻrva), gomadôfu ごま豆腐 (kunjut taʼmli tofu), tochimochi とちもち (guruch keksi), kitsunemen キツネ面 (tulki niqobi shaklidagi qora shakarli pechene) va boshqalar[10].

Shahar oʻzining koʻp xilma-xil shoʻrvalari bilan ham mashhur (aytishlaricha, qishdagi qattiq sovuq Tsuruokada kandarajirudan tashqari, juda koʻp issiq shoʻrva turlarining paydo boʻlishiga sabab boʻlgan)[11]. Tsuruokada Takeokojiruタケノコ汁 (Mt Gassan bambukidan tayyorlangan shoʻrva), imoni 芋煮 (kartoshka shoʻrvasi), nattôjiru 納豆汁 (natto asosidagi shoʻrva), môsô jiru (bambukdan tayyorlangan shoʻrvaning boshqa turi) kabi shoʻrva turlari juda mashhur.

Noʻxat turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tsuruoka „edamame qiroli“ deb nomlangan soyaning bir turi boʻlgan dadacha-mame (だだちゃr) bilan mashhur; ular natto va manju kabi boshqa mahsulotlar uchun ham ishlatiladi. Nomning kelib chiqishiga oid ikkita nazariya bor boʻlib: biri dadacha dialektik „ota“ dadacha soʻzidan olingan — gagacha „ona“ degan dialektik soʻz ekanligi haqida boʻlsa, ikkinchisi loviya Date, Fukushimadan kelib chiqqan va dastlab Date-no-chamame deb nomlangan, keyinroq Date-chamame va yakunda Dadacha-mame deb atala boshlanganligi haqidagi nazariyalardir[12].

Dadachamame har qanday taomda qoʻllanilishi mumkin: shirin, shoʻr, achchiq, achchiq, nordon, shunchaki qaynatilgan, maydalangan, grillda pishirilgan taomlar va souslarda ishlatiladi.

Dadakko (だだっn), shirin dadachamame pastasini oʻz ichiga olgan kichik kekslar hisoblnadi. Dadappai (だだっパイ) — pishiriq ichiga yopishtirilgan kichik dadachamame taomidir. Bundan tashqari, dadachamame hidli muzqaymoqlar, pechene va kremlar mavjud.

Dengiz mahsulotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tsuruoka va butun Shonai mintaqasi Yapon dengizidan keladigan turli xil baliq va dengiz mahsulotlarini isteʼmol qiladi. Tsuruokada quyidagi dengiz mahsulotlarini topishingiz mumkin: Oncorhynchus masou, yapon dengiz baliqlari, koʻk qisqichbaqalar, kambala, yassi baliq, qora toshbaliqlar, til baliqlari, uchuvchi kalmar, istiridye, dengiz robini, qumli baliq, yapon baliqlari va boshqalar. Tsuruokadagi yangi mahalliy baliqlar va dengiz mahsulotlarining xilma-xilligi mahalliy sushi doʻkonlarining obroʻsiga alohida hissa qoʻshgan, ammo bu baliqlar juda muhim oʻrin tutadigan „oilaviy gastronomiya“ ning oʻziga xos turini yaratishga ham sabab boʻlgan[13].

Guruch[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tsuruokada va umuman Shonai mintaqasida yetishtirilgan guruch kuchli umami taʼmi bilan mashhur. 2010-yilda Keiô universitetining ilgʻor biotadqiqot instituti 慶應義塾大学先端生命科学研究所 izlanuvchilari Tsuyahime guruch brendining boshqa umumiy taʼmlariga qaraganda 1,5 baravar koʻproq quvvatga ega ekanligini isbotladilar[14][15].

Sanʼat va hunarmandchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar tom maʼnoda tekisliklar, oʻrmonlar va togʻlar bilan oʻralgan. Shunday qilib, yogʻoch va oʻsimliklar asosan hunarmandchilikning barcha turlarida qoʻllaniladi. Arxitektura sanʼatida, tomi somon bilan qoplangan uylar (kayabukiyaneかやぶき屋根) shaharning timsollaridan biri hisoblanadi. Ulardan baʼzilari asrlar davomida oʻz holatini yaxshi saqlab kelgan, masalan, Tasôminka 多層民家 (bir necha qavatli uy), Meiji davridagi anʼanaviy dehqon uyi boʻlib, u hozirda Chidô uy muzeyi 致道博物館 hisoblanadi.

Shinaoriしなり, daraxt poʻstlogʻidan anʼanaviy toʻqish uslubi boʻlib, bugungi kunda ham shu uslubda liboslar tayyorlanadi. Ushbu mustahkam va pishiq ip bilan yaratilgan narsalar juda chidamli va oʻzidan suv oʻtkazmaydigan.

Mahalliy diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ideha madaniyat muzeyida Yamabushi treningi (いでは文化記念館, „Ideha Bunka Kinenkan“)
  • Haguro togʻi
  • Zenpō ibodatxonasi(善宝寺, — 1990-yilda ibodatxona hududidagi hovuzda yuzi odamga oʻxshash sazan baliqlari paydo boʻlgan[16]
  • Chido muzeyi(到道博物館, „Chido Hakubutsukan“)
  • Shonai ziyoratgohi
  • Yutagava issiq bulogʻi
  • Yunohama issiq bulogʻi
  • Atsumi issiq bulogʻi
  • Deva-no-Yuki Shuzo muzeyi
  • Tsuruoka sanʼat forumi
  • Deva Shonai Kokusai Mura xalqaro forumi va Amazon xalq muzeyi
  • Gassan Asahi muzeyi
  • Tsuruoka Kamo akvariumi (加茂水族館, „Kamo-Suizokukan“. Bu meduza eksponatlari soni boʻyicha Ginneslar kitobiga kiritilgan)

Mahalliy bayramlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Haguro togʻidagi Saitansay (Yangi yil marosimi) — 1-yanvar
  • Kushibiki shahridagi Ogisai Kurokawa Noh (Noh festivali) — 1-2-fevral
  • Oyama Sake festivali — fevral oyining oʻrtalarida
  • Yudono togʻidagi changʻi festivali — fevral oʻrtalaridan oxirigacha
  • Tsuruoka Hinamatsuri Shonai ibodatxonasi va Chido muzeyida bayram — mart
  • Tsuruoka bogʻidagi Tsuruoka Sakura festivali — aprel oʻrtalaridan oxirigacha
  • Shonai Ikoi qishlogʻidagi lolalar festivali — aprel oyining oxiridan may oyining boshigacha
  • Gassan Asahi qishlogʻidagi Amazon bolalar festivali — 3-5-may
  • Haguro togʻidagi ziyoratgohda ayollar va bolalar uchun marosim — 5-may
  • Haguro togʻidagi Kinensay (yaxshi hosil uchun ibodat) — 8-may
  • Yunohamadagi xalqaro Shimoliy yurish — may oyining oʻrtalarida
  • Tenjin festivali — 25-may
  • Oyama kuchuklar festivali — 5-iyun
  • Yutagava issiq buloq Hotaru Matsuri (olovli festival) — 15-iyundan 10-avgustgacha
  • Haguro togʻidagi gullar bayrami — 15-iyul
  • Gassan togʻidagi Gassan ibodatxonasi festivali — 15-iyul
  • Gassan Asahi qishlogʻida xalqaro bungee jumping — iyul oʻrtalarida
  • Shirayamada Edamame doʻkoni ochilishi — iyul oyining oxiridan avgust oyining oxirigacha
  • Akagava Fireworks festivali — avgust oyining oʻrtalarida
  • Ideha Bunka Kinenkanda Oku no Hosomichi milliy hayku musobaqasi — sentyabr oyi oʻrtalarida
  • Tajriba: Ideha Bunka Kinenkanda Yamabushi treningi — sentyabr oyining oʻrtalarida
  • Miss Shonai tanlovi — oktyabr oyi oxiri
  • Shonai Hyakuman-goku festivali — noyabr oyining boshi
  • Shôreisai míngči — dekabrning oxirgi kuni. Daraxtlar va mushakbozlikni oʻz ichiga olgan turli marosimlar orqali Yamabushi guruchning yaxshi hosili va ekinlarning unumdorligi uchun ibodat qiladi.

Xalqaro munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qardosh shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tsuruoka bilan birodarlashgan shaharlar:

Tsuruokaning taniqli odamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tsuruoka City official statistics[sayt ishlamaydi] (yaponcha)
  2. „山形県鶴岡市はこんなところ | ぐるたび“ (yaponcha). gurutabi.gnavi.co.jp. 2017-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-noyabr 2017-yil.
  3. City. „Gaiyouenkaku“ (ja). www.city.tsuruoka.lg.jp. Qaraldi: 13-noyabr 2017-yil.
  4. „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 25-mart 2022-yil.
  5. „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 25-mart 2022-yil.
  6. „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 25-mart 2022-yil.
  7. „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 25-mart 2022-yil.
  8. Tsuruoka population statistics
  9. Tsuruoka UNESCO Creative City of Gastronomy — 69–70 bet. 
  10. Tsuruoka Creative city of Gastronomy — 55 bet. 
  11. Tsuruoka Creative city of Gastronomy — 59 bet. 
  12. „Yamagata foods: Dadacha-mame“. 2016-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-oktyabr.
  13. Tsuruoka UNESCO Creative City of Gastronomy — 70 bet. 
  14. „朝日新聞 10/19 「つや姫のうまさ、秘密は「バランス」 慶応大など研究」“.
  15. „「メタボローム解析」が拓く未来の健診――わずかな唾液や血液、尿の検査で、すい臓がんからうつ病まで一挙に早期発見する“. 2021-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-oktyabr.
  16. Metropolis, „Fortean Japan“, 27 June 2008, p. 12.
  17. „Siseijouhou“ (yaponcha). Kagoshima International Affairs Division. 2013-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2013-yil.
  18. 18,0 18,1 „International Exchange“. List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2015-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]