Tenge Bank (Oʻzbekiston)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tenge Bank
Asosiy maʼlumotlar
Turi AJ
Asos solingan 2019-yil 18-may
Boyligi
Aktivlari 400 mln AQSh dollar
Sof foydasi 60.2 mlrd. so'm (2021)
Bosh kompaniyasi Qozog'iston Xalq banki
Boshqaruvchi jamiyati Ayupov Talgat, CFA
Sayti https://tengebank.uz/uz

Tenge bank — Oʻzbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi bank. Zamonaviy texnologiyaga ega bank hisoblanadi, korporativ va chakana mijozlarga xizmatlar koʻrsatadi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 18-may kunida ATB „Tenge Bank“ faoliyati uchun Oʻzbekiston Markaziy bankidan litsenziya oldi. 10-iyulda mijozlarga xizmat koʻrsatishni boshladi. Avgust oyida esa Halyk xalqora guruhi Gruziya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgiziston va Rossiyadagi shoʻba korxonalarning rahbariyati, boʻlinmalari, fililar rahbarlari uchrashuv oʻtkazib Toshkentda oʻz imkoniyatlarini koʻrsatdi. 2020-yilning 28-aprelida bank ustav kapitalini qoʻshimcha oshirdi.

Reyting[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moody’s Investors Service[2]

  • Kreditni toʻlashga qodirlikning toʻgʻirlangan asosiy bahosi, ba3
  • Kreditni toʻlashga qodirlikning asosiy bahosi, b3
  • Kontragent riskining muddatidan oldingi bahosi, Ba2 (cr)/NP (cr)
  • Kontragent riskining muddatidan oldingi reytingi (milliy valyutada), Ba2/NP
  • Kontragent riskining muddatidan oldingi reytingi (chet el valyutasida), Ba3/NP
  • Muddatidan oldin bank omonatlari (milliy valyutada), Ba3, bashorat „barqaror“
  • Muddatidan oldin bank omonatlari (chet el valyutada), B1, bashorat „ijobiy“
  • Kontragent riskining qisqa muddatli bahosi, NP (cr)
  • Kontragent riskining qisqa muddatli reytingi, NP
  • Qisqa muddatli bank omonatlari, Ba3/NP

Aksiyadorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bank „Qozogʻiston Xalq banki“ OAJ (Halyk Bank) ning 100 foizli shoʻba korxonasi hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]