Mevasabzavotbank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mevasabzavotbank
Asosiy maʼlumotlar
Faoliyati Bank ishi, moliya xizmatlari
Asos solingan 18-avgust 1994-yil[1]
Yopilgan yil 13-yanvar, 2000-yil (24 yil avval) (2000-01-13)
Boyligi
Boshqaruvchi jamiyati „O‘zmevasabzavotuzumsanoat“,
“O‘zoziqovqatsanoat”,
Moliya vazirligi
Mevasabzavotbank Vikiomborda

Mevasabzavotbank — Oʻzbekiston meva-sabzavot xo‘jaligi va uning qayta ishlovchi sanoatining rivojlanishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-avgustdagi 426-sonli qarori asosida ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat banki sifatida tashkil qilingan[2]. 2000-yilda Savdogarbank tarkibiga qo'shib olinadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yil „O‘zmevasabzavotuzumsanoat“, „O‘zoziqovqatsanoat“ davlat konsernlari va Moliya vazirligi Oʻzbekiston hukumatiga „Mevasabzavotbank“ respublika ixtisoslashgan aksionerlik-tijorat bankini tashkil etish taklifini bildiradi. 18-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi oʻzining 426-sonli[2] qarori bilan bu taklifga rozilik bildiradi va shu kundan bank oʻz faoliyatini boshlaydi[1]. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bankning tashkil etilishi va faoliyat yoʻlga qoʻyishda yordam koʻrsatadi. „O‘zdehqonchiliksanoatbank“ va „Oʻzsanoatqurilishbank“ bankga malakali mutaxassislar tayyorlashda yordam beradi. „Toshshaharyoʻlovchitrans“ uyushmasi hamda Aloqa vazirligi „Mevasabzavotbank“ni zarur miqdordagi transport va aloqa vositalari bilan taʼminlaydi. 1994-yil 1-noyabrda „O‘zdehqonchiliksanoatbank“ 1994-yil 1-sentyabrgacha bo‘lgan holatga ko‘ra aktivlar va passivlarni „Mevasabzavotbank“ka beradi.

Muassislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Mevasabzavotbank“ning ustav fondi 5 mln so‘mni tashkil qilib[2], shundan, 2 mln so‘mi „O‘zmevasabzavotuzumsanoat“, 2 mln so‘m „O‘zoziqovqatsanoat“ hamda 1 mln. soʻm Moliya vazirligi[1] mablagʻlaridan iborat edi. Ular bir oy muddatda taʼsis badallarini to‘lab, bankning ustav fondini tashkil etadilar.

Vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bankning asosiy vazifalari meva-sabzavot xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlariga, savdo, tayyorlov va qurilish sohasi tashkilotlarining qayta ishlovchi korxonalariga kredit-hisob-kitob xizmatini ko‘rsatishdan iborat edi.

Yopilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yil 13-yanvarda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Mevasabzavotbank“ ixtisoslashtirilgan aktsionerlik tijorat bankini qoʼshib yuborish toʼgʼrisida”gi 12-sonli Qarorini qabul qiladi. Unga asosan Mevasabzavotbank Savdogarbank tarkibiga qoʼshiladi[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]