Temir kanslerlar jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andoza:Литературное произведение Категория:Литературные произведения по алфавиту "Temir kanslerlar jangi" - sovet yozuvchisi Valentin Pikulning 1977 yilda nashr etilgan tarixiy romani.

Asar syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roman Rossiya imperiyasining markaziy Yevropa davlatlari ( Avstriya imperiyasi, Ikkinchi Fransiya imperiyasi, Prussiya Qirolligi, Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi, Germaniya imperiyasi, Britaniya imperiyasi, Italiya qirolligi va boshqa davlatlar) bilan diplomatik munosabatlari tarixiga bag'ishlangan. U o'z ichiga 1850-1870 yillardagi Yevropadagi keskin siyosiy inqirozlari, urushlar, inqiloblar va diplomatik muzokaralar davrini qamrab oladi..

Romanning markazida ikkita "temir kansler" ning "jangi" joylashgan: Bular , Rossiya imperiyasining tashqi ishlar vaziri Aleksandr Gorchakov (1798-1883) va Prussiya hukumati Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi hamda Germaniya imperiyasining reyx kansleri bo'lgan Otto fon Bismark (1815 -1898) o'rtasidagi kechayotgan diplomatik duelda, ularning har biri o'z mamlakatining kuchini maksimal darajada mustahkamlashga va uning Evropa va dunyoda siyosiy ta'sirini kuchaytirishga intiladi. Gorchakovning asosiy vazifasi Qrim urushidan keyin Rossiyaga qo'yilgan Parij shartnomasida (1856) Qora dengizda rus dengiz flotini saqlashni taqiqlash to'g'risidagi shartni denonsatsiya qilishdan iborat bo'lgan.Bismarkning asosiy maqsadi parchalangan nemis yerlarini Prussiya boshchiligida yagona davlatga birlashtirish edi. Ikkala kantsler ham uzoq davom etgan diplomatik muzokaralar, strategik ittifoqlar, o‘zaro yon berishlar, harbiy va siyosiy to‘qnashuvlar evaziga o‘z maqsadlariga erishadilar.

Romanning tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya imperiyasining tashqi ishlar vaziri A. M. Gorchakov

Oxirgi litsey o'quvchisi (Prolog o'rniga)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nitsada keksa nafaqadagi Rossiya kansleri, "so'nggi litsey o'quvchisi" Aleksandr Gorchakov umrining so'nggi yillarini o'tkazmoqda edi (afsonaviy Imperator Tsarskoe Selo litseyining barcha birinchi bitiruvchilari, shu jumladan uning do'sti A.S. Pushkin allaqachon vafot etgan). . 1883 yil 27 fevralda Baden-Badenda "litsey o'quvchilari" ning oxirgisi bo'lgan 84 yoshli knyaz Gorchakov vafot etdi.

Uning xalqaro munosabatlar tizimini rivojlantirishga qo'shgan hissasiga katta baho berilgan: uning siyosiy kontseptsiyalarining asosini tinchlik uchun kurash tashkil etgan, u jiddiy yurisdiktsiyalarga ega kuchli xalqaro institutni yaratish g'oyasining muallifi hisoblanadi. Ushbu g'oya Gaaga tinchlik konferentsiyalarining asosi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashkil etilishiga muqaddimasi bo'ldi.

Birinchi qism. Yevropa konserti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reyx kansleri Otto fon Bismark

19-asr oʻrtalari. Germaniya davlati faqat nomigagina mavjud edi, ya'ni u hozirgi Germaniya kabi yagona davlat emasedi.

Uning hududida 38 ta mustaqil kichik nemis davlatchalari (knyazliklari) mavjud bo'lib - “Nemislar ko'p edi, lekin ularda Germaniya yo'q edi! ". Ularning ko'pchiligi Berlinga ( Prussiya ) emas, balki Frankfurt-na-Mayndagi Federal Seym (butun Germaniya Bundestagi) raislik qilgan Vena ( Avstriya ) ga e'tibor berishga majbur bo'ldi.

Germaniyaning barcha knyazliklarining elchilariga o'z ta'sirini o'tkazgan Avstriyaning Federal i elchisi Anton Prokeshning qudrati o'zining diplomatik faoliyatini Prokeshdan maxfiy hujjatlarni o'g'irlashnii va ularni Berlinga yuborishdann boshlagan Prussiyaning yangi elchisi Bismark tayinlangandan so'ng zaiflasha boshladi.

Rossiya elchisi knyaz Gorchakov Frankfurt-Maynga keladi, u bir vaqtning o'zida Rossiyaning Vyurtemberg Qirolligidagi elchisi bo'lib, Bismark bilan uchrashadi. Gorchakov va Bismark o'rtasida do'stona munosabatlar tez rivojlandi chunki, ularning qarashlari ko'plab diplomatik masalalarda bir-biriga mos kelardi.

1854 yilda Qrim urushi avjida Gorchakov Venaga elchi etib tayinlandi va u Avstriyani Rossiya bilan ittifoqni buzishdan saqlab qolishga urinib ko'rgan bo'lsada bu samara bermadi.

Urush oxirida Rossiya va Fransiya Angliya ishtirokisiz separat tinchlik muzokaralarini boshlaydilar (Gorchakov - Morni ), chunki Napoleon III Rossiyaning to'liq mag'lubiyatini emas faqat 1812 yil uchun qasos olishni xohlardi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Karl Nesselrodening aybi bilan muzokaralar orqaga ketdi, chunki u bu haqda Avstriyaga xabar berdi va Gorchakovga muzokaralar o'tkazishni taqiqladi .

Shundan keyin Nesselrode yangi rus-avstriya tinchlik muzokaralarini kuyovi Lev Seebaxga ishonib topshirdi. Gorchakov bularning barchasini Rossiya manfaatlariga xiyonat deb hisoblaydi.

G'azablangan Napoleon III ruslar bilan muzokaralarni to'xtatadi va diplomatik kurashda g'alaba qozongan Avstriya kansleri Buol Gorchakovga "endi biz tinchlik shartlarini aytib beramiz" deydi. Seebax bilan tushlikdan keyin Gorchakov zaharlanish alomatlarini sezadi.

Vazir Nesselrodening avstriyaparast pozitsiyasining engib bo'lmasligini tushunib, Gorchakov to'g'ridan-to'g'ri imperator Aleksandr II ga murojaat qiladi, bu bilan u Buolning ultimatumini rad etishni va Avstriyaning Bessarabiyada hududiy imtiyozlar talablarini neytrallashi uchun rus-fransuz tinchlik muzokaralariga qaytishni tavsiya qiladi.

Sankt-Peterburgda ko'plab yuqori martabali rus amaldorlari Nesselrodeni Rossiyaning siyosiy yakkalanishida ayblashadi. Nesselrode nafaqaga chiqishga yaqin edi chunki Aleksandr II Gorchakovni Venadan Sankt-Peterburgga chqirtiradi. .

Fransiyada Qrim urushi natijalarini sarhisob qiluvchi Parij kongressi ochiladi. Rossiya diplomatlari Aleksey Orlov va Filipp Brunov, Fransiya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Valevskiyning ko'magiga tayangan holda, uzoq davom etgan muzokaralar davomida Rossiya manfaatlarini iloji boricha Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Klaredon va Avstriya kansleri Buolning qattiq talablaridan himoya qilishga harakat qiladi. Kongress Qrim urushini tugatgan Parij shartnomasi (1856) imzolanishi bilan yakunlanadi.

Aleksandr II Gorchakovni Parij tinchligi maqolalari bilan tanishtiradi. Gorchakov - "Orlov qo'lidan kelganini qildi va undan ham ko'proq.", deb takidlaydi. Imperator kelishuvning eng chidab bo'lmas va sharmandali nuqtasini deb Qora dengizni neytrallashtirilishi deb hisoblaydi (Rossiya u yerda dengiz kuchlariga ega bo'lish imkoniyatini yo'qotdi) va Gorchakovga tashqi ishlar vaziri lavozimini taklif qiladi. Gorchakov keksalikni aytib, lavozimni rad etadi, ammo Aleksandr II ning qat'iy talablaridan so'ng, u Nesselrodeni vazirlik lavozimini egallashga rozi bo'ladi. U imperatorga o'zining asosiy vazifasini aytadi: "Men imperatoriya kansleri bo'lishni istardim, shundagina arsenallardan bitta to'pni otmasdan va xazinadan bir tiyinga tegmasdan, qon va o'qlarsiz bizning flotimiz yana Sevastopol yo'llarida suzishini ta'millay olishimga ishonchim komil bo'lar edi "

Gersog Morni Fransiyaning Rossiyadagi yangi elchisi etib tayinlandi , u Gorchakov va Aleksandr II tomonidan yaxshi kutib olinadi. Moskvada Rossiya imperatorining toj kiyish marosimi boʻlib oʻtmoqda. Gorchakov Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Jominiga Bismark kerakligini aytdi. Rossiya Dunaydagi Ilon orolida mustahkamlanadi, bu esa Angliya va Avstriyaning Rossiyadagi elchilari - Grenvil va Estergazining Rossiyaning Parij tinchligini qayta ko'rib chiqishga urinishi haqida qo'shma bayonotiga olib keladi. Fransiya elchisi Morni Gorchakovni qo'llab-quvvatlab, u xaritada Ilon orolini topa olmagani va fransuzlar unda kim yashashi qiziq emasligini aytdi. Rus-fransuz aloqalarini mustahkamlab, Morni malika Sofya Trubetskoyga uylanadi.

Gorchakov rus elchilarini almashtirishni, siyosiy yollanma vakillarni olib tashlashni boshlaydi va Dunay knyazliklarida xalq plebissitini talab qilib, Avstriyaning mavqeiga putur yetkazadi. Rossiyalik vazir bu bilan dunyoni bundan buyon Rossiya o‘z siyosatini faqat o‘z manfaatlari yo‘lida qurishi haqida ogohlantirmoqda edi. Gorchakovning mashhur " Rossiya diqqatni jamlamoqda " depeshasi paydo bo'ladi.

Frankfurt orqali poyezdda sayohat qilgan Gorchakov Bismark bilan uchrashib, unga Fransiya va Prussiya yangi Evropa koalitsiyasida Avstriya o'rnini egallashi kerakligini aytdi.

Gorchakov Aleksandr II va Napoleon III o'rtasidagi shaxsiy uchrashuvni tashkil etishga harakat qiladi. Inglizlar zudlik bilan Napoleon III va Qirolicha Viktoriya o'rtasida Osborndagi Uayt orolida yopiq uchrashuv uyushtirdilar va fransuzlarga ularning ruslar bilan hamkorliginii va Yevropa xaritasini o'zgartirishga urinishlarini ma'qullamasliklarini tushuntirdilar. Vyurtemberg qiroli Aleksandr II bilan uchrashuvda uni avstriyaliklar bilan yarashtirishga urinib ko'rdi. Shtutgartda Napoleon III va Aleksandr II va Valevskiy va Gorchakov uchrashib, muzokaralarni boshlaydilar. Napoleon III ruslarning Avstriyadan noroziligidan foydalanib, Aleksandr II ni Avstriyani Italiyadan olib chiqishga rozi bo'lishga taklif qiladi, shunda Fransiya o'z chegaralarini Reyn va Alp tog'lari bo'ylab qaytarib oladi. Rossiya imperatori, qirolicha Viktoriyadan farqli o'laroq, bu tashabbusni qo'llab-quvvatladi, ammo Rossiya harbiy harakatlarda qatnashmasligini aniq aytdi. Gorchakov rus-fransuz do'stlik shartnomasi loyihasini olib keldi, ammo Napoleon III Aleksandr II ni juda norozi qiluvchi, Polsha masalasini ko'tardi. Rus monarxi buni haqoratli deb topdi. Gorchakov qiyinchilik bilan polyak bo'lgan Valevskiyni mo‘rt rus-fransuz ittifoqini saqlab qolishga ko'ndiradi: Agar Fransiya sharqiy ishlarda Rossiyani qo‘llab-quvvatlasa, Rossiya Avstriya bilan urushda Fransiyani qo‘llab-quvvatlaydi, Fransiya Turkiya tomonidan ezilgan slavyanlarni himoyasiga olsa, Rossiya mazlum italyanlarni tomonida bo'lishi kelishiladi. Shu tariqa Rossiya va Fransiya o'rtasidagi shartnomaning asosi saqlanib qoldi, ammo Napoleon III ning Polsha haqidagi iborasi tufayli u imzolanmadi.

Veymarda Aleksandr II Frans Iosif bilan uchrashishga rozi bo'ldi, ammo uchrashuv Avstriyaga bo'lgan sovuq munosabatini o'zgartirmadi. Gorchakovning marhamatiga sazovor bo'lishni istab, Frans Iosif I uni Muqaddas Stiefan ordeni bilan taqdirlaydi, ammo bu ham hech narsaga olib kelmaydi: Gorchakov Aleksandr II ni bu harakatni qaytarmaslikka va kansler Buolni mukofotlamaslikka ko'ndiradi va hammomda o'z ordenini go'yoki "unutadi". .

Ikkinchi qism. Kumirning vujudga kelishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchinchi qism. Jernova tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oxirgi kansler (Epilog o'rniga)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bismark imperator Vilgelm II ning ta'siri bilan Reyx-kansler lavozimidan iste'foga chiqishga majbur bo'ladi. Nafaqaga chiqqan Bismark hayotining so'nggi yillarini Germaniya jamoatchiligi va rasmiylarini Rossiya bilan strategik ittifoqni saqlab qolish zarurligiga ishontirishga muvaffaqiyatsiz urunadi. Ushbu urinishlarning befoydaligi va Germaniyani harbiy mag'lubiyatga uchratishning haqiqiy ehtimolini oldindan sezish uni spirtli ichimliklar va morfinni tez-tez ishlatishga olib keladi.

Roman Bismarkning nemislarga bergan siyosiy vasiyatini ko'rib chiqish bilan yakunlanadi: Rossiya bilan urushish va ikki jabhada urushdan qochish. Germaniyani Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlariga olib kirgan Vilgelm II va Gitler turli yillarda uni tinglamadilar va bu bilan o'z taqdirlariga hukum o'quvchi katta xatoga yo'l qoydilar.