Tanbur
Tanbur — torli musiqa asbobi. Oʻzbek milliy cholgʻularidan biri hisoblanadi. Oʻzbek mumtoz maqomlari aynan tanbur cholgʻusida ijro etilgan. Tanbur oʻng qoʻlning koʻrsatrgich barmogʻiga maxsus noxun (mediator) taqib chalinadi. Chalinganda faqat birinchi simi chertib chalinadi, qolganlari esa sadolanib turish uchun xizmat qiladi.
Tanbur — qad. torli musiqa cholgʻu asbobi. Forobiyning musiqa risolasida Xuroson T.ining parda tuzilishi keltirilgan. Oʻzbek, tojik, uygʻur va b. xalklarda professional soz sifatida kengtarqalgan. Noksimon oʻyma kosasi yoʻgʻon va uzun dastasi bilan birga yaxlit tut yogʻochidan yasaladi; umumiy uz. 110—130 sm. Kosasining qopqogʻi, koʻpincha, yupqa yogʻoch taxtachadan qilinadi, unda rezonator teshikchalari bor. Pay ip bilan bogʻlangan 16—19 pardasi boʻlib, oltinchisi, odatda, ijro etiladigan asarning ladtonallik xususiyatiga koʻra yuqori yoki pastga surib qoʻyiladi. Kosa krpqogʻida choʻpdan yana 4 ta xaye pardasi boʻladi. T.ning 3 ta toridan birinchisi (yukrridan) asosiy, 2 tasi yordamchidir; birinchisi va uchinchisi unisonga, ikkinchisi ularga nisbatan kvarta, baʼzan kvinta yoki sekunda past sozlanadi. T. qoʻlning koʻrsatkich barmogʻiga kiyiladigan noxun bilan turli uslubda (torlarni yuqoridan va pastdan urib) chalinadi. T. Oʻzbekistonda boshqa torli chertma sozlardan farqli oʻlaroq, diatonik tovushqatorga ega. T.ning torlari uzun va ingichka, pardalari yoʻgʻon (diametri 3 mm gacha) boʻlganligidan torni turlicha kuch bilan bosib, tovush balandligini yarim tongacha oʻzgartirish mumkin. Mazkur yoʻl bilan T.da kuylarga oʻziga xos tebratma sayqal, nolalar beriladi. T.ning oʻziga xos nozik va taʼsirchan ovozi, keng diapazoni tufayli Buxoro Shashmakrmi ijrosida asosiy yakkanavoz va (vokal qismlarda) joʻrnavoz soz hisoblanadi. T.ning keng badiiy imkoniyatlari T. Alimatov va uning shogirdlari talqinida namoyon boʻlmoqda. T.ning chortor (4 t nb torli), panjtor (5 torli), an ur’ shashtor (6 torli) turlari bor. T.ning elektr adapter bilan jihozlangan turlari estrada ijrochiligida qoʻllaniladi. Oʻzbek bastakorlaridan Hoji Abdulaziz, J. Sultonov, F.Mamadaliyev, O.Hotamov, kompozitorlardan Sayfi Jalil ("Qalbimda"), M.Mahmudov ("Navo" simfoniyasi), M.Bafoyev ("Lison uttayr") va b. T. imkoniyatlaridan ijodiy foydalanishgan.
Tuzilishi [tahrir]
Tanbur tut yogʻochidan yasaladi. Kosasi (rezonatori) nok shaklidadir. Kosasiga uzun dasta ornatiladi. Tanburning kosasi yupqa yogʻoch qopqoq bilah yopiladi. Dastasiga ichakdan qilingan pardalar bogʻlanadi.
Torlari va diapazoni [tahrir]
Tanvurning jezdan qilingan toʻrtta tori boʻladi. Asbobning diapazoni ikki yarim oktavaga yaqin.
Havolalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |