Oktava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oktava (lot. octāva soʻzidan; „sakkizinchi“ degani) — musiqada bir tovush chastotasi ikkinchi tovush chastotasidan ikki marta katta boʻlgan interval. Oktava intervali diatonik tovushlar qatorida sakkizta pogʻonani qamraydi. Masalan, dodan keyingi dogacha, redan keyingi regacha va hokazo. Oktavaning belgisi 8 raqamidir.

Turlari[tahrir]

Oktavalarning uch turi bor:

  • Toza oktava — sakkiz pogʻonali va olti tonli interval. Ikki xil balandlikka ega, birining chastotasi ikkinchisinikidan ikki marta katta boʻlgan ikki tovushning eng sodda bogʻlanishi.
  • Kichraytirilgan oktava — sakkiz pogʻonali va besh tonli interval.
  • Katalashtirilgan oktava — sakkiz pogʻonali va olti yarim tonli interval.

Eshitilishi[tahrir]

Biri ikkinchisidan bir oktava orqada boʻlgan tovushlar odamga juda oʻxshash boʻlib eshitlsa ham bu tovushlarning balandligi har xil boʻladi.

Havolalar[tahrir]