Turgʻun Alimatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turgʻun Alimatov (20-yanvar, 1922, Keles - 17-dekabr, 2008, Toshkent sh.) – atoqli Oʻzbek milliy sozandasi va bastakori, Oʻzbekiston xalq artisti.

Turgʻun Alimatov 1922-yil 20-yanvarda Toshkent viloyati Keles qishlogʻida tugʻilgan. Ilk musiqa darslarini otasidan olgach, u 1937-40-yillarda Toshkent pedagogika institutining ishchi fakulteti qoshidagi musiqa toʻgaragiga qatnashdi va sozandalik sirlarini egalladi.

Turgʻun Alimatov ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Urushdan soʻng u Yosh tomoshabinlar teatrida, Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida va koʻp yillar mobaynida Oʻzbekiston radiosi huzuridagi xalq cholgʻulari orkestrida sozanda boʻlib xizmat qildi.

Turgʻun Alimatovning mehnat faoliyati 1970-yildan boshlab, Maqom ansambli bilan bevosita bogʻliq holda kechdi. Ushbu ijodiy jamoa aʼzosi sifatida u bebaho maʼnaviy boyligimiz boʻlmish Shashmaqom turkumidagi, Fargʻona-Toshkent yoʻlidagi noyob maqom namunalarining milliy musiqa xazinamizning oltin fondi uchun yozib olinishida alohida jonbozlik koʻrsatdi. Sozandalik borasida oʻzining betakror uslubiga ega boʻlgan Turgʻun Alimatov tomonidan yuksak mahorat bilan ijro etilgan "Dutor navosi", "Tanovar", "Chorgoh", "Munojot", "Navro’zi Ajam", "Buzruk", "Kuygay" kabi mumtoz musiqa namunalari xalqimiz qalbidan chuqur joy egalladi. [1]

Chorak asr davomida u Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida dars berdi. Turgʻun Alimatov 2008-yilning 17-dekabrida 86 yoshida Toshkentda vafot etdi.


Alimatov Turg‘un (1922.20.1, hoz. Toshkent viloyati Keles qishlog‘i) — so-zanda (dutor, tanbur, sato). O‘zbekiston xalq artisti (1992). Toshkent ped. in-ti ishchi f-ti to‘garagida (1937—40) tanbur, g‘ijjak (skripka) chalishni o‘rgangan. Keyinchalik xalq va professional ijro uslublarini Shobarat tanburchi, Nabi tanburchi, Mulla To‘ychi hofiz, Yu. Raja-biylardan o‘zlashtirgan. 2-jahon urushi qatnashchisi (1942—43). Yosh tomoshabin-lar teatri (1940—42), Muqimiy teatri (1943— 46) da g‘ijjakchi, O‘zbekiston ra-diosi xalq cholg‘ulari orkestri (1947—52, 1957—59), Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli (1959—85)da sozanda.Turli musiqa to‘garaklariga rahbarlik qilgan. 1985 y.dan Toshkent davlat konservatoriyasi an’anaviy ij-324rochilik kafedrasida o‘qituvchi, prof. (1994 y.dan). A. dutor, tanbur va sato ij-rochiligini mukammal o‘rganib, o‘ziga xos ijro uslubini yaratdi. Badihago‘ylik, soz pardalarini o‘ta mungli va dardli yangratish, torlarni noziq nolalanti-rib chalish A. ijrochilik uslubiga xos. Repertuarida xalq kuylari, maqom va mashhur ashulalarning cholg‘u yo‘llari ("Dutor Navosi", "Tanavor I—II", "Tan-bur Navosi", "Chorgoh", "Munojot", "Nola", "Navo", "Navro‘zi Ajam", "Esh-voy", "Buzruk", "Ey, sabo", "Kuygay" va b.) katta o‘rin olgan. Ovoz rejissyori N. Hasanov yordamida yakka sozlar (dutor-tanbur, dutor-sato, tanbur-sato-dutor va b.)da o‘ziga xos yakkanavoz "ansambl" tarzida ijro etgan cholg‘u kuylari 10 dan ortiq gramplastinkalarda chiqarilgan. Xalqaro musiqa anjumanlari (Mo-skva, 1971; Olmaota, 1973; Samarqand, 1978, 1983, 1987 va b.)ning konsertlari qatnashchisi. Chet ellar (AQSH, Fransiya, Germaniya)da gastrollarda bo‘lgan. "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofot-langan (1997).Ad: Olimboyeva K., Turg‘un Alimatov ["O‘zbek ayoli hayotida musiqa" kitobida], T., 1996.

Havolalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]