Tabulatura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Raqamli viuela tabulaturasi. Miguel de Fuenllananing „Orphenica Lyra“ (1554) kitobidan. Qizil raqamlar bilan qoʻshiqchi ijro etadigan qism berilgan.

Tabulatura (lotincha: tabula — taxta, jadval) — nota yozuvining ilk shakllaridan.[1] Tabulatura muayyan musiqa asbobiga moʻljallangan boʻlib, unda musiqa asari jadval shaklida, musiqiy tovushlar esa harflar, raqamlar va boshqa maxsus belgilar yordamida ifodalanadi. Bu yozuv odatda pardali torli asboblar uchun qoʻllaniladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musulmon Sharqi musiqa ilmida tabulatura 10-asrdan maʼlum. Forobiy, Safiuddin al-Urmaviy, ash-Sheroziylar ud uchun, Komil Xorazmiy tanbur pardalariga moslashtirilgan tabulaturalarni yaratgan. Yevropada 14—18-asrlarda qoʻllanilib, organ, lyutnya, klavir kabi cholgʻular uchun moʻljallangan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Tabulatura". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005.