Stepan Kishmishev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stepan Kishmishev
Asl ismi ruscha: Степан Осипович Кишмишев
Tavalludi 1833-yil 22-oktyabr
Vafoti 1897-yil 20-avgust
Tiflis
Qoʻshin turlari piyoda qo'shinlar
Xizmatdagi yillari 1850—1897
Unvoni general-leytenant
Qoʻmondonlik qilgan 24-mahalliy brigada (1895-yildan - Tiflis mahalliy brigadasi)
Kavkaz harbiy okrugi
Jang/urush Kavkaz urushi,
Turkiston yurishlari,
Xiva yurishi (1873),
rus-turk urushi (1877—1878)

Stepan Osipovich Kishmishev (Stefan[1] Iosifovich [2], Onikovich; 1833-yil 10-oktyabr – 1897-yil 12-avgust; Tiflis, Rossiya imperiyasi) – arman millatiga mansub rus armiyasining general-leytenanti, Kavkaz va rus-turk (1877—1878) urushlari ishtirokchisi, harbiy tarixchi[3].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stepan Kishmishev 1833-yil 10-oktyabrda zodagon oilasida tugʻilgan. Arman apostol cherkovi mazhabiga eʼtiqod qilgan. 1850-yil 3-fevralda Jaro-Lezgi doimiy militsiyasida katta konstebl unvoni bilan xizmatga kirgan. Oʻsha yili Togʻli Dogʻistonda faoliyat yurituvchi lezgi otryadi tarkibida Jurmut jamiyatining togʻliKlariga qarshi ekspeditsiyada qatnashgan. Oʻsha ekspeditsiya paytida Bexeldi qishlogʻini shturm bilan egallagani uchun Avliyo Georgiy lentasiga ega „Jasorati uchun“ kumush medali bilan taqdirlangan. 1851-yil 27-mayda Kishmishev ishdan boʻshatilgan va keyingi yili Moskva imperator universitetining yuridik fakultetiga oʻqishga kirgan. 1856-yilda universitet nomzodi ilmiy darajasi bilan kursni tugatgan va oʻsha yilning 13-avgustida praporshik unvoni bilan qirol Freidrich Wilhelm III ning Sankt-Peterburg gvardiya polkiga tayinlangan. 1858-yilda Kishmishev Bosh shtabning Nikolayev akademiyasiga oʻqishga kirgan, uni tugatgandan soʻng 1861-yilda 2-toifa boʻyicha Sankt-Peterburg universitetining sharq tillarini oʻrganish uchun Bosh shtab boʻlimiga yuborilgan. 1862-yil 17-aprelda ikkinchi leytenant unvonini olgan va Bosh shtabga oʻtishi bilan Kavkaz armiyasining qoʻshinlariga tayinlanqan. Shu yilning 30-avgustida unga leytenant unvoni berilgan.

1863-yilda 30-avgustida unga tayinlangan Bosh shtab kapitani unvoni bilan general-mayor Radetskiy otryadi tarkibida shu yili Jaro-Belokan (Zakatala) tumanida boshlangan qoʻzgʻolonni bostirishda ishtirok etgan. Xuddi shu yili mustahkamlangan harbiy nuqtalar haqida maʼlumot toʻplash, shuningdek, Trebizond, Bayburt, Arzirum, Kars, Ardahan va Ajariyaga olib boruvchi yoʻllarni tekshirish uchun Anadoluga skaut sifatida yuborilgan. 1865-yil 30-avgustda unga kapitan unvoni berilgan va oʻsha yilning 8-noyabrida unga Kavkaz harbiy okrugi shtab-kvartirasida topshiriqlar berilgan. Xuddi shu yili u Kavkaz urushidan keyin Rossiya fuqaroligini qabul qilishdan bosh tortib, Usmonli imperiyasiga koʻchib oʻtgan togʻliklarning harakatini nazorat qilish uchun pristav sifatida yuborilgan. Shundan soʻng, Buyuk knyaz Mixail Nikolayevichning buyrugʻi bilan Kishmishev harbiy otryad bilan Arpachay hududidagi chegara chizigʻini Usmonli imperiyasiga koʻchgan togʻliklar bosqinidan himoya qilish uchun tayinlangan. Ushbu topshiriqni muvaffaqiyatli bajargani uchun Kishmishev 2-darajali Avliyo Stanislav ordeni bilan taqdirlangan[4].

1869-yil 30-avgustda Kishmishevga podpolkovnik unvoni berilgan va shu bilan birga Qora dengiz (Kavkaz porti), Rioni va Kuban daryolari, Poti – Tiflis temir yoʻli boʻylab qoʻshinlar harakati boshligʻi lavozimiga tayinlangan[5]. Tuman shtab idorasiga biriktirilgan. Imperator rus geografiya jamiyati[6] Kavkaz boʻlimi, shuningdek, Tiflis xayriya jamiyati aʼzosi boʻlgan[7]. 1870-yilda Kavkaz harbiy okrugi buyrugʻi bilan Kishmishev Rioni viloyatiga vaboning kirib kelishiga qarshi oʻz vaqtida koʻrilgan choralar uchun Avgust bosh qoʻmondoni minnatdorchiligi bilan taqdirlangan.

1872-yil 30-avgustda unga polkovnik unvoni berilgan. 1873-yilda rus armiyasining Xiva yurishi paytida Kishmishev bosh qoʻmondon tomonidan Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻiga, polkovnik Markozovning Mangʻishloq otryadiga Krasnovodskdan Kinderliga zudlik bilan dengiz orqali oziq-ovqat tashishni tashkil etish uchun yuborilgan[8]. Mangʻishloq otryadi uchun zarur boʻlgan barcha narsani tez va uyushqoqlik bilan yetkazib bergani uchun Kishmishev 3-darajali Avliyo Vladimir ordeni bilan taqdirlangan.

1877—1878 yillardagi Rossiya-Turkiya urushi paytida Kishmishev Kavkaz harbiy operatsiyalari jarayonida general-adyutant Loris-Melikovning faol korpusining bir qismi boʻlgan. 1877-yil 5-mayda Ardahanni egallashda qatnashgan, buning uchun unga „Jasorat uchun“ oltin qilich ordeni berilgan. Oʻsha yilning 3-oktyabrida boʻlib oʻtgan Avliyar-Alajin jangidagi harbiy xizmatlari uchun Kishmishev 1878-yil 8-noyabrda general-mayor unvoniga sazovor boʻlgan va Bosh shtabda qolgan. 1878-yil 6-noyabrda Kars shturmi uchun sovgʻa va 1878-yilda esa Arzirumni qamal qilgani uchun 1-darajali qilich bilan birgalikda Avliyo Stanislav ordeni bilan taqdirlagan. 1878-yil fevral oyida Kavkazdagi harbiy harakatlar yakunlangach, Arzirum Rossiyaga qoʻshilib, Kishmishev Arzirum tumaniga boshliq etib tayinlangan. Kishmishevga Araksdan oʻtuvchi koʻprik va undan keyingi Qoraqurt yoʻlini tartibga solish topshirilgan. Shuningdek, u kasal va yaradorlarni joylashtirish, turk harbiy qabristonlarini yoʻq qilish va shaharda turli xil yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining oldini olish uchun shaharni obodonlashtirishga mas’ul etib tayinlangan[9]. Oʻsha yilning iyun oyida Berlin shartnomasi natijalariga koʻra Arzirum Turkiyaga qaytib ketgan.

1879-yildan Kishmishev ixtiyoridagi Kavkaz armiyasining bosh qoʻmondoni, 1885-yildan Kavkaz harbiy okrugi qoʻshinlari bilan va 1887-yilda 24-mahalliy brigada (1895-yildan – Tiflis mahalliy brigadasi) boshligʻi etib tayinlangan[2][10].

Kishmishev 1897-yil 8-avgustda Tiflisda 63 yoshida vafot egan. Shu yerdagi Van sobori qabristoniga dafn etilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Крбекян В. Г.. Участие армян в русско-турецкой войне 1877—1878 годов. Ер.: Антарес, 2004 — 115—116 bet. ISBN 99941-34-59-0. 
  • Меружанян А. Л.. Маршалы, генералы и адмиралы армянского происхождения в Санкт-Петербурге. СПб.: Роза ветров, 2014 — 146 bet. ISBN 978-5-906634-11-5. 
  • Список генералам по старшинству, Исправлено по 1 сентября 1886 года, СПб.: Воен. тип., 1886 — 455 bet. 
  • Список генералам по старшинству, Составлен по 1 мая 1897 года, СПб.: Воен. тип., 1897 — 188 bet. 
  • Список полковникам по старшинству, Исправлено по 1 февраля 1873 года, СПб.: Воен. тип., 1873 — 657 bet. 
  • Andoza:Разведчик

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Кавказский календарь на 1875 год. Тф.: Тип. глав. упр. Намес. кавк., 1874 — 109 (Адрес-календарь) bet. 
  2. 2,0 2,1 Список генералам по старшинству, Составлен по 1 мая 1897 года, СПб.: Воен. тип., 1897 — 188 bet. 
  3. Венгеров С. А. „Кишмишев, Степ. Осипов“,. Критико-биографический словарь русских писателей и ученых // в 6 томах. СПб.: Семёновская Типо-литография (И. Ефрона), 1886—1904. 
  4. Крбекян В. Г.. Участие армян в русско-турецкой войне 1877—1878 годов. Ер.: Антарес, 2004 — 115—116 bet. ISBN 99941-34-59-0. 
  5. Список полковникам по старшинству, Исправлено по 1 февраля 1873 года, СПб.: Воен. тип., 1873 — 657 bet. 
  6. Кавказский календарь на 1873 год. Тф.: Тип. глав. упр. Намес. кавк., 1872 — 122 (Адрес-календарь) bet. 
  7. Кавказский календарь на 1874 год. Тф.: Тип. глав. упр. Намес. кавк., 1873 — 98 (Адрес-календарь) bet. 
  8. Гродеков Н. И.. Хивинский поход 1873 года. Действия кавказских отрядов, 2-е изд, СПб.: Тип. В. С. Балашева, 1888 — 103—104 bet. 
  9. Кишмишев С. О.. Война в Турецкой Армении… — 503―504 bet. 
  10. Рапорт Главнокомандующего Кавказской армией генерал-фельдцейхмейстера великого князя Михаила Николаевича военному министру генерал-адъютанту генералу от инфантерии Д. А. Милютину // Звезда / Пред. и комм. А. А. Литвина. — СПб., 1998. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. — ISSN 0321-1878. Архивировано 18 iyul 2014 года.