Soliq stavkasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Soliq stavkasi — soliq obʼyektining muayyan birligiga nisbatan undiriladigan soliq mikdori; pul summasi hisobida undiriladi. Mac, ish haqi yoki foydaning pulda hisoblangan mikdori, yerning ga hisobidagi sathiga nisbatan hisoblangan soliq. S.s. qonun yoʻli bilan turli usulda belgilanadi: qatʼiy yoki proporsional belgilangan stavkalar — soliq obʼyekti miqdoriga nisbatan oʻzgarmaydigan bir xil ulushda undiriladi. Mac, Oʻzbekistonda korxonalar molmulkidan undiriladigan soliq 4% qilib belgilangan, ushbu S.s. obʼyekt qiymati (molmulk qiymati)ning maʼlum ulushiga teng (4%) boʻladi; progressiv S.s — soliq obʼyekti miqdoriga qarab ortib boruvchi stavkalar. Oʻzbekistonda soliq qonunchiligiga koʻra eng kam ish haqining 5 barobariga teng qismiga 13%, undan 10 marta oshgan qismiga 21% S.s. belgilangan va daromad miqdorining ortib borishi bilan S.s. ham oshib boradi (2004, 1 yanvar). Regressiv S.s. — daromadlarning oʻsishi bilan stavkalar mikdori kamayib boradi. Jahon mamlakatlari amaliyotida kamdankam, asosan, qazib oluvchi tarmoklarda qoʻllanadi. Nolli S.s. — eksportga moʻljallangan tovarlar i.ch.ni ragʻbatlantirishda qoʻllaniladi. Mac, toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi boshqa tovarlar tushumi boʻyicha olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasidan chegirib kamaytiriladi. Bunday S.s.ni qoʻllash iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy taʼsir etadi.