Soliq imtiyozlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Soliq imtiyozlari - davlat tomonidan soliq toʻlovchilarga berilgan yengilliklar; soliqlar miqdorini kamaytirish, soliq toʻlash shartini yengillashtirish yoki soliqdan toʻla ozod qilishdan iborat. Soliq imtiyozlari soliq undiriladigan daromad turlarini qisqartirib, umumiy kamaytirilgan daromaddan soliq olish, soliq olinmaydigan minimal daromadni belgilash, soliq stavkalarini kamaytirish, soliqni toʻlab boʻlish muddatini qulay qilish orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchilarga nisbatan tabaqalashtiriladi, muayyan ijtimoiy yoki iqtisodiy maqsadni koʻzlaydi. Soliq imtiyozlari davlat qoʻlida bozor iqtisodiyotini tartibga solishga xizmat qiladi. Ular orqali iqtisodiy faoliyatning maʼlum bir turlari ragʻbatlantiriladi. Sharoitga qarab Soliq imtiyozlari qayta koʻrib turiladi. Soliq imtiyozlari berishning xilmaxil shakllari jahondagi koʻpgina mamlakatlarning soliq amaliyotida qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (1997)da ayrim yuridik shaxslar va faoliyat turlari uchun hamda jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun Soliq imtiyozlari belgilangan.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]