Shaxzoda Matchanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shaxzoda Matchanova 1987-yil 8 - avgustda, Qoraqalpogʻiston respublikasi Nukus shahrida tavallud topgan, oʻzbek, qoraqalpoq teatr va kino aktrisasi.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxzoda Matchanova 1987-yil 8 avgustda Nukus shahrida tugʻilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil olgan . Shaxzoda hech qachon aktrisa boʻlishni orzu qilmagan, lekin bir kuni "Oʻzbekfilm" direktori unga eʼtibor qaratib, sinovlarda qatnashishni taklif qilgan. Qiz rozi boʻldi, lekin, afsuski, u testdan oʻta olmadi va universitetda oʻqishni davom ettirdi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, rejissyor Zebo Navroʻzova uning suratlarini koʻrib, qizni kastingga taklif qildi. Bu safar Shahzoda kastingdan oʻtdi va u „Aprel-may“ filmida ilk rolini oldi. Aktrisa Tahmina rolini oʻynagan „Yotoqxona“ teleseriali tufayli eng katta mashhurlikka erishdi. Keyinchalik, aktrisa „Soʻnggi lahza“, „Jonimning oʻgʻrisi“ va „Oʻzimni qidirishda“ filmlarida rol oʻynagan. 2016-yilda u „Suv parillari uchun uy“ filmida bosh rolni oʻynadi. 2016-yilda u qozogʻistonlik qoʻshiqchi Alisher Karimovning klipida rol oʻynagan.

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Shahzoda Matchonova - Kino filmlar, TV Serial va Shou“. buluteka.com. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil. [sayt ishlamaydi]