Sen-Pyer va Mikelon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sen-Pyer va Mikelon - Atlantika okeanidagi orollar guruhi, Kanadaning sharqiy qirg‘oqlari yaqinida, Nyufaundlend o.dan jan.da. Fransiya mulki. Umumiy maydoni 242 km² bo‘lgan 8 oroldan iborat. Eng yirik oroli — Mikelon, 216 km². Iqlimi mo‘tadil okean, nam iqlim; oʻrtacha harorat yanvarda —6°, iyulda 14°. Yillik yog‘in 1000 mm gacha. Iqlimi va toshlokli sertepa relyefi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun noqulay. Aholi, asosan, baliq ovlash va uni qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. Darrandachilik fermalari (mo‘ynali hayvonlar boqiladi) bor. Chetga baliq, baliq mahsulotlari, mo‘yna eksport qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil