Aruba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aruba —Jan. Amerikaning shim. qirg‘og‘i yaqinidagi orol. Shamolsiz orollar to‘dasiga kiradi. Mayd. 190 km2. Bal. 188 m gacha. Aholisi 67 ming kishi (1991), asosan negrlar va mulatlar. Ni-derlandiya Antil o.lari tarkibida. 1986 y. 1 yanvardan qisman o‘zini o‘zi boshqarish huquqi berilgan. Neftni qayta ishlash sanoatining yirik markazi. Bosh shahri — Oranestad. Vulkanik orol. Riflar b-n o‘ralgan. Iqlimi subekvatorial, o‘rtacha t-rasi 26 — 28°. Yog‘in 500 — 600 mm. Kserofit buta o‘simliklari o‘sadi. Iqtisodining asosini neftni qayta ish-lash sanoati tashkil etadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil