Martinika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Martinika Departamenti
fr.Collectivité Territoriale de Martinique
ShiorLa collective au service du pays
Madhiya: Ansanm
Location of Martinika
Poytaxt For-de-Frans
Rasmiy til(lar) Fransuzcha
Hukumat
• Prezident kengashi raisi
Serj Lichimi
• Prefekt
Stanislas Kazey
• Tashkil topgan
1946-yil
Maydon
• Butun
1,128 km2
Aholi
• 2020-yilgi roʻyxat
361 225 kishi
• Zichlik 320/km2
Pul birligi Yevro
Vaqt mintaqasi UTC−4:00
Qisqartma MQ
Telefon prefiksi +596
Internet domeni .mq

Martinika (fr.Martinique) — Kichik Antil orollari arxipelagining markaziy qismidagi orol, Atlantika okeanining Karib dengizida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan Fransiyaning bu mintaqasi va ayni paytda dengiortidagi departamentdir (département d’outre-mer, yoki DOM). Prefekt tomonidan boshqariladigan Bosh kengash mavjud. Martinika Fransiya Milliy Majlisining 4 aʼzosini va 2 ta fransuz senatorini saylaydi. Orolning poytaxti – Fort-de-Frans. Hududi – 1128 km². 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, aholi 392 291 kishi (asosan qora tanlilar va mulatlar yashaydi).

Geografik joylashuvi va tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Martinika – Karib dengizidagi Kichik Antil orollari arxipelagida, Shimoliy va Janubiy Amerika oraligʻida joylashgan. Pasttekisliklardan iborat vodiyda vulqonlar koʻp. Faol Montan-Pele vulqoni 1851, 1902, 1930-yillari harakatga kelgan.

Iqlimi - tropik, passatli. Tez-tez dovullar boʻlib turadi. Palma, qizil daraxt, mango, paparotniklar oʻsadi. Turli-tuman qushlar (toʻtiqush, kolibri), xasharotlar koʻp.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiyaning Dengizorti departamenti. Davlat boshligʻi – Fransiya prezidenti nomidan prefekt. Hukumat boshligʻi - Bosh kengash prezidenti. Martinika 2 ta okrugga boʻlinadi. Siyosiy partiyalari: Fransiya partiyalarining mahalliy boʻlinmalari - Respublikani qoʻllab-quvvatlash birlashmasi, Fransiya sotsialistik partiyasi, Martinika sotsialistik federatsiyasi, Martinika kommunistik partiyasi, Martinika kuchi, Martinika progressiv partiyasi va boshqalar.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqtisodining negizini qishloq xoʻjaligi va turizm tashkil etadi. Rom, shakar, poligrafiya, toʻkimachilik, sement, neftni qayta ishlash korxonalari mavjud. Shakarqamish, ananas, banan yetishtiriladi. Chorvachilik va baliqchilik rivojlangan. 2010-yilda YAIM mikdori 6153 mln (aholi jon boshiga — 14500) dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Gvadelupa, Yaponiya. Martinikada Lamanten xalqaro aeroporti mavjud.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1493-yili X.Kolumb kariblar yashayotgan bu orolni kashf qildi. 1635-yildan fransuzlar bosqini boshlandi. Ular mahalliy hindu qabilalarini kirib tashlab, orolga afrikalik qullarni olib kirishdi. 1762 va 1794—1815-yillar ingliz mustamlakachiligi davri. 1848-yili qullik bekor qilingan. 1946-yili Martinika Fransiyaning dengizorti departamenti maqomini oldi.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]