Semurgʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Semurgʻ — sharq xalqlari ogʻzaki poetik ijodidagi afsonaviy qush obrazi; osmonda uchish, uzoq manzilni yaqin qilish haqidagi asriy orzuumidlarning ramziy ifodasi. Dastlab Eron mifologiyasida paydo boʻlgan. "Avesto"dasenemurg shaklida ishlatilgan. S. oʻzbek xalq ertak va afsonalarida ijobiy qahramonning doʻsti, himoyachisi, hamrohi, uni "etti zulmat ichi"dan olib chiquvchi fantastik qush sifatida gavdalanadi. Turkiy xalqlarda S.ning Humo, Anqo, Davlat qushi, Vaxt qushi, Marqumomo, Kuntubulgʻon, Bulbuligoʻyo va b. variantlari bor. S. obrazi "Qahramon", "Oynai jahonnamo", "Rustam", "Kenja botir" kabi ertaklarda keng tasvirlangan. Bu obraz yozma adabiyotda ham uchraydi (mas, Navoiyning "Lison uttayr" asari va b.). S haqidagi afsonalar asosida Hamid Olimjon "Parizod va Bunyod" asarini yozgan. Ularda afsonaviy obraz shartli vosita sifatida mualliflarga qad. oʻtmishdagi real voqelik haqida fikr yuritish imkonini beradi. Oʻzbekfilm kinostudiyasi "S." filmini yaratgan (1974). S.ning Humo varianti Oʻzbekiston Davlat gerbiga asos qilib olingan, shuningdek, Toshkentdagi "Turkiston" saroyi oldida uning ramziy monumenti oʻrnatilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil