Hamid Olimjon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Hamid Olimjon (1909—1944) Isteʼdodli shoir. Lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan. 1909 yilning 12 dekabrida Jizzaxda tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimdan soʻng 20-yillarning oxirida tahsilni Samarqanddagi pedakademiyada davom ettirgan. «Koʻklam» nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1928 yilda bosilib chiqqan. Sheʼrlarida lirik pafos yetakchilik qiladi. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanildi.

«Holbuki, tun», «Ofeliyaning oʻlimi», «Qamal qilingan shahar tepasidagi oy», «Ishim bordir oʻshal ohuda» singari goʻzal sheʼrlari mashhur. «Oygul bilan Baxtiyor» (1937), «Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod» (1939), «Zaynab va Omon» (1938) kabi dostonlar va «Muqanna» (1942), «Jinoyat» (1944) singari dramalar yozgan. Rus shoir va yozuvchilarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Nashr etilgan asarlari [tahrir]

Internetdagi elektron kutubxonalarda [tahrir]

Ilmiy adabiyotlar [tahrir]

  • Karimov N. Hamid Olimjon. Toshkent, «Yosh gvardiya», 1990.
  • Karimov N. Hamid Olimjonning poetik mahorati. Toshkent. «Fan», 1964.
  • Mamajonov S. Shoir dunyosi. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1972.
  • Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: «Oʻqituvchi», 1999.
  • Abdurahonov A. Alangaga aylangan uchqun. «Kamalak» adabiy-tanqidiy ilmiy toʻplamda. -T. 1990.