Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasi (arabcha: منتخب السعودي لكرة القدم للسيدات) Saudiya Arabistoni mamlakatining rasmiy ayollar futbol terma jamoasidir. Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Saudiya Arabistonidagi futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi (SAFF) tomonidan nazorat qilinadi.

„Yashil lochinlar“ deb atalgan Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yildagi ilk oʻyinini Maldiv orollarida oʻtkazilgan oʻrtoqlik turnirida Maldiv orollari terma jamoasiga qarshi oʻtkazib, 2:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudiya Arabistonidagi diniy yetakchilarning taʼsiri, siyosiy yetakchilar va sport maʼmurlarining faol qarshiliklari va ayollar sportiga nisbatan muntazam kamsitishlar tufayli mamlakatda ayollar terma jamoasi uzoq vaqt mavjud boʻla olmadi[1]. Buning ustiga FIFA tomonidan tan olingan ayollar terma jamoasini yaratish 2008-yilda qonun bilan taqiqlandi[2]. Tizimli diskriminatsiyava cheklangan islohotlar 2015-yilda qirol Abdulloh ibn Abdulaziz as-Saud vafotigacha saqlanib qoldi[3].

2015-yilda qirol Salmonning taxtga oʻtirilishi bilan futboldagi islohotlar haqida gap-soʻzlar avj oldi. Uning oʻgʻli Muhammad bin Salmon birinchi boʻlib islohotlarga, jumladan, ayollar futboliga boshchilik qildi[4]. Saudiya Arabistoni 2017-yildan boshlab ayollarga futbol oʻyinlariga borishga ruxsat berdi. Bu kelgusida ayollar futbol jamoasini yaratish uchun birinchi qadam boʻldi[5].

2019-yil dekabr oyida Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi (SAFF) Jidda hududida birinchi norasmiy ayollar musobaqasini tashkil qildi[6]. Rasmiy umummilliy turnir boʻlgan havaskor Saudiya ayollar futboli ligasi 2020-yil fevral oyida boshlangan boʻlib, bu liga uchta yirik shaharda oʻtkazilgan: Ar- Riyod, Jidda va Dammamda[7]. Liga tashkil etilgandan soʻng, Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasini yaratish talablari koʻpaydi[8].

Tashkil topishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 11-avgustda Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi Monika Staabni yangi tashkil etilgan Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinladi[9]. Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasi ilk oʻyinlarini 2022-yilning fevral oyida Maldiv orollaridagi Male shahrida oʻtkazilgan oʻrtoqlik turnirida oʻtkazdi[10]. Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasi 20-fevral kuni oʻzining debyut oʻyinida Maldiv orollari terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etishdi[11]. Muvaffaqiyatli debyutdan soʻng, Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi boshqaruv kengashi aʼzosi Lamiya Bin Bahian jamoaga keyingi oʻn yil ichida birinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun uzoq muddatli rejani oshkor qildi. Bundan tashqari bu rejaning maqsadlari orasida Fors Koʻrfazi, Gʻarbiy Osiyo va Osiyo darajasida dominant kuchga aylanish niyati ham bor edi[12].

Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 11-avgust holatiga koʻra

Lavozimi Ismi
Bosh murabbiy GermaniyaMonika Staab[13]
Yordamchi murabbiy Saudiya Arabistoni Dana Rajab
Shveysariya Sandra Kalin
Slovakiya Martin Pacholek
Darvozabonlar murabbiyi Germaniya Ketrin Lingert
Jamoa administratori Saudiya Arabistoni Daliya Al-Obeykan
Saudiya Arabistoni Intisor Al-Qahtan
Video tahlilchi Avstraliya Donna Nyuberi
Jamoa menejeri Saudiya Arabistoni Beren Sadaqa

Bosh murabbiylar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 24 va 28-sentyabr kunlari Butan ayollar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida quyidagi futbolchilar Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan[14]. Oʻyinlar va gollar statistikasi 2022-yil 28-sentabr holatiga toʻgʻri keladi[15].  

0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Khaled, SarahSarah Khaled (captain) 3 0  KSA Al-Nassr
12 1DA Abdel Rahman, MonaMona Abdel Rahman 1 0  KSA Al-Hilal
22 1DA Al-Anazi, LamaLama Al-Anazi 0 0  KSA Sama
1DA Ali, LailaLaila Ali 22-sentyabr 2000-yil (2000-09-22) (23 yosh) 0 0  KSA Al-Yamamah
2 2HM Sadaqah, BayanBayan Sadaqah 3 1  KSA Al-Ittihad
3 2HM Mohammed, LeenLeen Mohammed 3 0  KSA Al-Yamamah
4 2HM Al-Ghamdi, TalahTalah Al-Ghamdi 3 0  KSA Al-Ittihad
5 2HM Abdel-Razzaq, LanaLana Abdel-Razzaq 3 0  KSA Al-Ittihad
13 2HM Mukhaizin, RaghadRaghad Mukhaizin 1 0  KSA Al-Shabab
15 2HM Al-Harbi, MashaelMashael Al-Harbi 0 0  KSA Al-Shabab
16 2HM Al-Shaibani, AsrarAsrar Al-Shaibani 1 0  KSA Al-Ittihad
24 2HM Khaled, AtheerAtheer Khaled 1 0  KSA Al-Yamamah
6 3YH Al-Tamimi, MaryamMaryam Al-Tamimi 3 1  KSA Eastern Flames
7 3YH Al-Ibrahim, NouraNoura Al-Ibrahim 17-dekabr 1998-yil (1998-12-17) (25 yosh) 3 1  KSA Al-Yamamah
8 3YH Johari, LayanLayan Johari 2 0  KSA Al-Ittihad
10 3YH Hamad, SarahSarah Hamad 3 0  KSA Al-Yamamah
18 3YH Tawfiq, SabaSaba Tawfiq 1 0  KSA Al-Ittihad
28 3YH Jafri, FarahFarah Jafri 1 0  KSA Al-Ittihad
3YH Helmy, RaghadRaghad Helmy 8-mart 1997-yil (1997-03-08) (27 yosh) 0 0  KSA Al-Shabab
11 4HJ Abu Laban, DaliaDalia Abu Laban 1 0  KSA Al-Shabab
14 4HJ Mubarak, Al-BandariAl-Bandari Mubarak 9-dekabr 2001-yil (2001-12-09) (22 yosh) 3 4  KSA Al Yamamah
21 4HJ Tariq, JuriJuri Tariq 13-mart 2003-yil (2003-03-13) (21 yosh) 3 0  KSA Al-Ittihad
23 4HJ Al-Zahrani, TahaniTahani Al-Zahrani 11-fevral 1996-yil (1996-02-11) (28 yosh) 1 0  KSA Al-Shabab
4HJ Al-Saiari, MubarkahMubarkah Al-Saiari 19-dekabr 1998-yil (1998-12-19) (25 yosh) 0 0  KSA Al-Nassr
4HJ Rashwan, TaqiahTaqiah Rashwan 5-aprel 1998-yil (1998-04-05) (26 yosh) 0 0  KSA Al-Ahli

Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qalin shriftdagi oʻyinchilar hozirda ham oʻz faoliyatini amalga oshiradi. 2022-yil 28-sentabr holatiga koʻra toʻgʻri statistika[16]

Eng yaxshi toʻpurarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Futbolchi Faoliyat yillari Gollar Oʻtkazgan oʻyinlari
1 Al-Bandari Mubarak 2022-hozirga qadar 5 4
Mariam Al Tameimi 2022-hozirga qadar 2 4

Xalqaro musobaqalarda Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Xitoy 1991-yil Kiritilmadi
Shvetsiya 1995-yil
Qoʻshma Shtatlar 1999-yil
Qoʻshma Shtatlar 2003-yil
Xitoy 2007-yil
Germaniya 2011-yil
Kanada 2015-yil
Fransiya 2019-yil
Avstraliya /Yangi Zelandiya 2023-yil
2027 Aniqlanmoqda
Total 0/9

Yozgi Olimpiada oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Qoʻshma Shtatlar 1996-yil Kiritilmadi
Avstraliya 2000-yil
Gretsiya 2004-yil
Xitoy 2008-yil
Birlashgan Qirollik 2012-yil
Braziliya 2016-yil
Yaponiya 2020-yil
Fransiya 2024-yil Aniqlanmoqda
Jami 0/10

AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Gonkong 1975-yil Kiritilmadi
Tayvan bayrogʻi Tayvan 1977-yil
Hindiston 1979-yil
Gonkong 1981-yil
Tailand 1983-yil
Gonkong 1986-yil
Gonkong 1989-yil
Yaponiya 1991-yil
Malayziya 1993-yil
Malayziya 1995-yil
Xitoy 1997-yil
Filippin 1999-yil
Xitoy Taypeyi 2001-yil
Tailand 2003-yil
Avstraliya 2006-yil
Vietnam 2008-yil
Xitoy 2010-yil
Vietnam 2014-yil
Iordaniya 2018-yil
Hindiston 2022-yil
2026-yil Aniqlanmoqda
Jami 0/20

Osiyo oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo oʻyinlarida Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Xitoy 1990-yil Kiritilmadi
Yaponiya 1994-yil
1998-yil
Janubiy Koreya 2002-yil
Qatar 2006-yil
Xitoy 2010-yil
Janubiy Koreya 2014-yil
Indoneziya 2018
Xitoy 2022 Aniqlanmoqda
Yaponiya 2026
Qatar 2030
Saudiya Arabistoni 2034-yil Mezbon sifatida qatnashadi
Jami 0/10

Arab ayollar kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arab ayollar kubogida Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Bosqich Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Misr 2006-yil Kiritilmadi
Misr 2021-yil
Jami 0/2

WAFF ayollar chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

WAFF ayollar chempionatida Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Bosqich Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Iordaniya 2005-yil Kiritilmadi
Iordaniya 2007-yil
Birlashgan Arab Amirliklari 2010-yil
Birlashgan Arab Amirliklari 2011-yil
Iordaniya 2014-yil
Bahrayn 2019
Iordaniya 2022
Jami 0/7

Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha vaqtlar natijasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.

Ushbu roʻyxatni tuzishda Saudiya Arabistoni ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[17].
Raqib terma jamoa Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Gʻalaba koʻrsatkichi Konfederatsiya
 Butan 2 0 1 1 5 7 −2 0,00 AFC
 Maldiv orollari 1 1 0 0 2 0 +4 100.00 AFC
 Seyshell orollari 1 1 0 0 2 0 +4 100.00 CAF
Jami 4 2 1 1 9 7 +2 50.00

Oxirgi yangilanish: Saudiya Arabistoni vs Butan, 2022-yil 28-sentyabr holatiga koʻra[18]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Hijabs approved for soccer players by FIFA – Montreal – CBC News“. Cbc.ca (5-iyul 2012-yil). Qaraldi: 28-iyun 2013-yil.
  2. „Women's football“. New Statesman. 137-jild. 2008. 20-bet. Qaraldi: 13–iyun 2012–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. „Women's Rights in Saudi Arabia After King Abdullah“.
  4. „Salman: Rave in desert, women drivers: How Saudi is undergoing sweeping changes under Prince Salman – Times of India“. The Times of India.
  5. „Saudi Arabia reforms open turnstiles to female football fans“. Financial Times (12-yanvar 2018-yil).
  6. „Jeddah Eagles flying high with women's football win“. Arab News (9-dekabr 2019-yil).
  7. „Saudi Arabia launches a soccer league for women“. CNN (27-fevral 2020-yil).
  8. „Arab nations cannot afford to ignore the rise of women's football“ (29-iyul 2020-yil).
  9. „Monika Staab appointed coach of Saudi women's national football team“ (inglizcha). Arab News (11-avgust 2021-yil). Qaraldi: 25-fevral 2022-yil.
  10. „Saudi Arabian women's national team set for historic international debut in Maldives“ (inglizcha). Orbital Affairs (18-fevral 2022-yil). 2022-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
  11. „Saudi women's national football team beat Seychelles in historic international win“ (inglizcha). Arab News (20-fevral 2022-yil). Qaraldi: 21-fevral 2022-yil.
  12. (AR)لمياء بن بهيان: نخطط لمشاركة منتخب السعودية للسيدات في كأس العالم خلال 10 أعوام
  13. „Who's Who: Monika Staab, new coach of the Saudi women's national football team“. arabnews.com (15-avgust 2021-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2022-yil.
  14. „أخضر السيدات يبدأ معسكر أبها استعداداً لمواجهتي بوتان الودية - الاتحاد السعودي لكرة القدم“.
  15. „Saudi Arabia – Team Info“. Global Sports Archive. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
  16. „Saudi Arabia – Team Info“. Global Sports Archive. Qaraldi: 24-fevral 2022-yil.
  17. „Archived copy“. www.fifa.com. 2018-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
  18. „Saudi Arabia – Team Info“. Global Sports Archive. Qaraldi: 24-fevral 2022-yil. „Saudi Arabia — Team Info“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]