Saripul jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saripul jangi
Sanalar 1501
Urush yeri Saripul, Movarounnahr
Natija Shayboniyxon gʻalabasi
Raqiblar
Shayboniyxon Zahiriddin Muhammad Bobur
Qoʻmondonlar
Shayboniyxon Zahiriddin Muhammad Bobur

Saripul jangi – Milodiy 1501-yil boshida Bobur Samarqandni egallaganidan soʻng oʻzbeklar hukumdori Muhammad Shayboniy Buxoroga chekinadi va Samarqandni egallash uchun 1501-yil aprel-may oylarida tayyorgarlik koʻradi[1]. Temuriy Zahiriddin Muhammad Bobur Shayboniyxon boshchilik qoʻshinni shaharga yetib kelguncha kutib olishga qaror qildi. Ikki qoʻshin Saripulda toʻqnash keldi, temuriylar va oʻzbeklar oʻrtasida mintaqa taqdirini hal qiluvchi jang boʻldi. Jangda Bobur yengilgan. Ushbu gʻalabadan soʻng Shayboniyxon birin-ketin Xorazm va Xurosonni bosib oldi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1500-yilda Samarqand aholisi shayxulislom Abulmakarim rahnamoligida temuriylar sulolasi boshqaruvini tiklash uchun harakat qildi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo 1500-yilning kuzida Samarqandga yurish boshladi. Bu paytda Shayboniyxon Samarqanddan tashqarida Konigil (shahardan tashqaridagi hukmdorlar hordiq chiqaradigan joy)da edi. Aholi tomonidan Samarqandning darvozasi Bobur Mirzoga ochib berilgan. Bobur qoʻshini Shayboniyxonning shahardagi 600 kishilik garnizonini qirib tashlaydi va shaharni egallaydi. Ushbu gʻalabadan soʻng Bobur Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi marta egallaydi. Shayboniyxon Buxoroga chekinadi va boʻlajak hal qiluvchi jangga tayyorgarlik koʻra boshlaydi. Buxoroda Shayboniyxonning ukasi Ubaydullaxon hukmronlik qilgan

Dastlabki toʻqnashuvlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Shayboniy Soʻgʻddagi (Tojikiston) Dabusi qal’asini egallaydi. Bobur Shayboniyxonni magʻlubiyatga uchratish uchun Buxoro tomon yoʻl oladi. 1501-yilning may oyida Buxoro yoʻlida Shayboniyxon Bobur qoʻshinlarining qarama-qarshi tomoniga qarab oʻtib, undan toʻrt chaqirimcha uzoqlikda qarorgoh qurdi. Bobur oʻz qarorgohini ariqlar bilan mustahkamlagan. Shayboniy tungi kutilmagan hujumlarni amalga oshirishga urinib koʻradi, lekin qarorgoh juda yaxshi mustahkamlangan sababli hujumlar samara bermadi.

Jang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkala tomon urushga tayyorlandi. Bobur oʻng qanot va chap qanot hamda markazdan qoʻshinni toʻrt qismga boʻlgan holda Samarqanddan Buxoro tomon oqib oʻtadigan Koʻhik (Zarafshon daryosi) boʻylab hujumga oʻtadi. Dushman qoʻshini nisbatan koʻp boʻlib, uning oʻng tomoni Bobur qoʻshinlarining chap qanotini yengib oʻtadi. Shayboniyxon jangda toʻlgʻama usulidan foydalangan[2]. Temuriy hukmdor Bobur qoʻshini yengiladi va oʻsha kuni kechqurun Samarqandga yetib keladi[3][4].

Urushdan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boburning eng tajribali zobitlari Ibrohim Tarxon, Ibrohim Saru va Sulton Ahmad Tambolning ukasi Xalil Tambol va uning eng yaxshi askarlari halok boʻldi. Omon qolgan zobitlar turli yoʻnalishlarga tarqalib ketgan. Bobur Samarqandga yetib borganidan soʻng Kobulga borib, bu yerda 1504-yilning sentabr oyida oʻz hokimiyatini oʻrnatadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. YouTube logotipi Battle of Sar-e-Pul 1501 AD. Zahiruddin Muhammad Babur YouTubeda
  2. „Temuriylarni tugatib, Movarounnahrni birlashtirgan xon. “Ko‘chmanchi” deya kamsitilgan Shayboniyxon hayoti 1-qism“. www.xabardor.uz. Qaraldi: 25-sentabr 2023-yil.
  3. „Husan Karvonli. «Boburnoma»da Amir Temur & Turg’un Fayziyev. Temuriylar shajarasi“. www.kh-davron.uz. Qaraldi: 25-sentabr 2023-yil.
  4. „MUSOFIR HUKMDOR YOXUD QISMAT QURBONI“. www.newjournal.org. Qaraldi: 25-sentabr 2023-yil.