Salohuddin al-Ayyubiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Salohiddin
Quddus fotihi
Misr va Suriya sultoni
Ikki muqaddas masjid xodimi

Salohuddin tasvirlangan dirham tanga (tax. 1189)
Misr va Suriya sultoni
Saltanat 11741193-yil, 4-mart
Oʻtmishdoshi Al-Adid (Fotimiylar xalifasi)
Davomchisi
Tugʻilishi Salohuddin al-Ayyubiy
tax. 1137-yil
Tikrit, Jazira, Abbosiylar xalifaligi
Vafoti 4-mart 1193 (yoshi 55–56)
Damashq, Ayyubiylar davlati
Dafn etilgan joy
Turmush oʻrtogʻi Ismet Hatun
Sulola Ayyubiylar {Sulola asoschisi)
Otasi Najmiddin Ayyub
Dini Islom

Salohuddin al-Ayyubiy, Salohiddin, Yusuf ibn Ayyub (11381193.4.3, Damashq) — Misr hukmdori (1171 yildan), ayyubiylar sulolasi asoschisi. Kurd qavmidan. Suriya sultoni Nuriddinning salibchilar bilan muvaffaqiyatli kurashgan lashkarboshilaridan biri Ayyub ibn Shodining oʻgʻli. 116469 yillarda Misrga qilingan harbiy yurishlarda qatnashgan. 1169-yil Misr vaziri etib, 1171 y. fotimiylar sulolasining soʻnggi xalifasi vafotidan soʻng esa Misrdagi hokimiyatni egallab olib abbosiylar homiyligini tan olgan va ulardan sulton unvonini olgan (1174). Nuriddin vafotidan keyin 1174—86 yillarda uning Suriyadagi yer-mulklarini va Iroqdagi ayrim mayda hokimlarga tegishli yerlarni tobe ettirgan. 1187 y. 3—5 iyulda S. Al-A. qoʻshini salibchilarni Xittin yaqini (Falastin)da tormor qilgan, 1187-yil 2-oktyabrda Quddusni egallagan, soʻngra salibchilarni Suriya va Falastinning katta qismidan quvib chiqargan. S. Al-A.ning ichki siyosati harbiy len tizimi (qarang Iqto)ni rivojlanganligi, soliqlarni birmuncha kamaytirilishi, sunna mazhabi taʼlimotining mustahkamlanishi bilan avvalgi hukmdorlardan farqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil