Kobul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qobuldan yoʻnaltirildi)

KobulAfgʻoniston va Pokistondagi daryo. Hind daryosining eng katta oʻng irmogʻi. Oʻz. 460 km, havzasining maydoni 75 ming km² chamasida. Koʻhi Bobo tizmasining yon bagʻridan boshlanadi. Avval togʻlar orasidan oqadi, keyin Jalolobod choʻkmasidan oʻtgach, Peshovar shahri yaqinida tekislikka chiqadi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yozda sersuv, oʻrtacha suv sarfi 700 m³/sek. Quyilish joyidan yuqori oqimiga tomon (120 km gacha) kichik kemalar qatnaydi. Sugʻorishda foydalaniladi. GES lar, suv omborlari qurilgan. Daryo boʻyida Kobul, Jalolobod va Peshovar shaharlari joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil