Peshovar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

PeshovarPokistonning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Bar daryosi (Kobulning irmogʻi) boʻyida, Haybar dovonidan 18 km narida, Shim.-gʻarbiy Chegara viloyatining maʼmuriy markazi.

Aholisi 988 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Aeroport bor. K,.x. (bugʻdoy, makkajoʻxo-ri, shakarqamish, tamaki) rayonining savdosanoat markazi. Toʻqimachilik, oziqovqat, metal-lsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilikda nafis shoyi, ip gazlama, movut, charm, metall va kulolchilik buyumlari ishlab chikariladi. P. qadimda va oʻrta asrlarda Af-gʻoniston, Eron va Turkistondan Hindistonga borishda savdo karvonlarining toʻxtab oʻtadigan joyi boʻlgan. P.ning qad. nomi — Purushapura. 1-asrda Kushon podsholigi poytaxti. Bo-buriylar davrida muhim savdo shahri edi. 1849—1947-yillarda shahar in-glizlarning Britaniya Hindistoni shim.-gʻarbidagi tayanch punkti. P.da universitet (1950), islom kolleji, ilmiy tadqiqot institutlari, kutubxonalar, mu-zeylar bor. Shaharning qad. qismi 16 darvozali devor bilan oʻralgan. Meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa (16-asr boshlari), Mahobatxon masjidi (17-asr) saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil