Qayragʻoch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qayragʻochqayragʻochdoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxtlar turkumi, manzarali oʻsimlik. Asosan, Oʻrta Osiyo va Ozarbayjonda oʻsadi. 80120 (400–500) yil yashaydi. Q. yorugsevar, qurgʻoqchilikka chidamli, sovuqqa chidamsiz. Togʻlarning 1500 m gacha baland yerlarida ham uchraydi. Oʻzbekistonda Q.ning poʻkak Q., pakana Q., maydabarg Q., silliq Q., bujun Q., dala Q.i, ayniqsa, sada Q. va asl Q. (gujum) yoki androsov Q.i. keng tarqalgan. Bu Q.ning boʻyi 10—15 m, shoxshabbasi qalin, sharsimon, barglari ketmaket joylashgan, tuxumsimon. Martapr. oylarida gullab urugʻlaydi. Gullari ikki jinsli. Urugʻi yongʻoqcha (danakcha). Quyuq soya berishi va chiroyli koʻrinishi tufayli Gʻarbiy va Oʻrta Osiyoda, Zakavkazyeda hovli, bogʻlarda, xiyobonlarda oʻstiriladi. Q.ning hamma turlari oʻrmonlar, parklar, ihota daraxtzorlari barpo etish uchun ekiladi. Yogʻochi duradgorlikda turli buyumlar yasashda, asbobsozlik, uskunasozlik va mashinasozlikda ishlatiladi. Urugʻi va ildiz bachkisidan koʻpaytiriladi.