Oscar Wilde

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oscar Wilde
Oscar Wilde Sarony.jpg
Toʻliq ismi: Oscar Fingal O'Flahertie Wills Wilde
Tavallud sanasi: 16-oktabr, 1854-yil(1854-10-16)
Tavallud joyi: Dublin, Irlandiya
Vafot sanasi: 30-noyabr, 1900-yil(1900-11-30)
(46 yoshda)
Vafot joyi: Parij, Fransiya
Fuqarolik: Irland
Kasb: Yozuvchi, shoir, dramaturg
Yoʻnalish: Estetizm
Janr: Drama, hikoya, dialog, muxbirlik
Magnum opus: Jiddiy boʻlish qanday muhim, Dorian Gray portreti

Oscar Fingal O'Flahertie Wills Wilde (talaffuzi: Oskar Fingal O'Flaerti Uills Uayld; kir. Оскар Уайлд; 16-oktabr 1854, Dublin — 30-noyabr 1900, Parij) — ingliz yozuvchisi, tanqidchi, shoir, dramaturg. Hashamdor sheʼrlari bilan fransuz simvolistlariga yaqin turadi. 1882-yilda AQSh shaharlari boʻylab sayohatda boʻlib, estetika boʻyicha maʼruzalar oʻqigan. Bu davrda va keyinroq yaratilgan "Eʼtiqod yoki Nigilistlar" (1882), "Gersoginya Padua" (1883), "Salomé" (1893) dramalarida yosh yozuvchining isyonkor kayfiyati ifodalanib, ijtimoiy hayot masalalari muhim oʻrin egallaydi. Londonga qaytib, gazeta va jurnallar bilan hamkorlik qilgan. Axloqsizlikda ayblanib, 2 yil (1895—97) qamoqda yotib chiqqach, Parijga koʻchib oʻtgan. Qamoqdan soʻng Wilde hayotida roʻy bergan ruhiy tushkunlik "Reading qamoqxonasi balladasi" (1898) avtobiografik asari hamda oʻlimidan keyin eʼlon qilingan "Qamoqxonadagi tavba" (1905)da oʻz aksini topgan. "Windermere xonimning yelpigʻichi" (1892), "Benuqson erkak" (1895), "Jiddiy boʻlish qanday muhim" (1896) komediyalari, "Baxtli shahzoda" va "Yulduzli bola" (1888) adabiy ertaklar toʻplamlarida oʻzi yashagan muhit urf-odatlarini tanqidiy aks ettirgan. "Dorian Gray portreti" (1891) — 19-asr oxiridagi intellektual romanning ajoyib namunasi. 80-yillardagi tanqidiy maqolalarida ("Oʻy-niyatlar" toʻplami, 1891) Wilde hozirgi ingliz adabiyotidagi oʻziga yaqin voqea-hodisalarni yoritgan. Ayni paytda xalq qoʻshiqchilik ijodini, Pierre-Jean de Béranger sheʼriyatini yuqori baholagan, Honoré de Balzac, Lev Tolstoy, Ivan Turgenev va Fyodor Dostoyevskiylar badiiy mahoratini mehr bilan tasvirlagan. Wilde pyesalari asosida filmlar yaratilgan.

Havolalar[tahrir]

VikiOmbor
VikiOmborda Oscar Wilde
haqida sahifa mavjud.