Fyodor Dostoyevskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fyodor Dostoyevsky
Фёдор Миха́йлович Достое́вский
Dostoevsky 1872.jpg
Tavallud sanasi: 11-noyabr, 1821-yil(1821-11-11)
Tavallud joyi: Moskva, Rossiya Imperiyasi
Vafot sanasi: 9-fevral, 1881-yil(1881-02-09)
(59 yoshda)
Vafot joyi: Sankt Peterburg, Rossiya Imperiyasi
Fuqarolik: Rossiya Imperiyasi
Kasb: prozachi,
publitsist
Yoʻnalish: realizm
Magnum opus: Aka-uka Karamazovlar

Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy (Фёдор Михайлович Достоевский, Ѳедоръ Михайловичъ Достоевскій; 30-oktabr (11-noyabr) 1821, Moskva, Rossiya Imperiyasi — 28-yanvar (9-fevral) 1881, Sankt Peterburg, Rossiya Imperiyasi) — eng buyuk rus yozuvchilaridan biri.

Dostoyevskiy Fyodor Mixaylovich [1821.30.10(11.11), Moskva — 1881.28.1 (9.2), Sankt-Peterburg] — rus yozuvchisi. Ijodiy faoliyati 1844 y.da boshlangan. Birinchi romani — "Bechora odamlar"da (1846) xoʻrlangan, ijtimoiy adolatsizlikka duchor boʻlgan "kichkina odamlar"ning qismati hikoya qilingan. "Qiyofadosh" (1846), "Oq tunlar" (1848) qissalari ham ijtimoiy mavzuda. N. Dobrolyubov, V. Belinskiy kabi demokrat ziyolilarning inqilobiy gʻoyalariga mahliyo boʻlib qolgan D. 1847 y.dan rus inqilobchisi va xayoliy sotsialisti M.V. Petrashevskiy toʻgaragiga faol qatnashib, xayoliy sotsializm gʻoyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Mazkur toʻgarakda qatnashib, mavjud davlat tuzumini kuch ishlatib oʻzgartirishga harakat qilgani uchun D. oʻlim jazosiga xukm qilinadi (1849). Nufuzli davlat va jamoat arboblarining aralashuvidan soʻng , podsho Aleksandr II oʻlim jazosini 4 yillik katorga surguni bilan almashtiradi. Yozuvchi Omsk katorga qamoqxonasida (1850—54) va Semipalatinskda intizomiy harbiy xizmatda boʻldi (1854—59). 1859 y.dan Peterburgda Uzoq muddatli tutqunlik va surgun D. ijodida oʻz ifodasini topadi, tushkunlik ustuvor mavzuga aylanadi. "Stepanchikov qishlogʻi va uning axoliyey" (1859), "Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar" (1861), "Oʻlik xonadondan maktublar" (1861—62) asarlari jaholat botqogʻiga botib, insoniy qiyofasini yoʻqotgan ruslar hayotiga bagʻishlangan.

D. M.M. Dostoyevskiy (akasi) bilan hamkorlikda "Vremya" (1861—63), "Epoxa" (1864—65) jur.larini nashr etadi. Bularda Rossiyadagi krepostnoylik tartibi, aslzoda (dvoryan) larning maʼnaviyaxloqiy tubanligi, mehnatkashlar shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishini fosh etishdan tashqari, millatchilik, buyuk davlatchilik (shovinizm) gʻoyalari, xususan, chor Rossiyasi tomonidan Turkistonning zabt etilishi targʻib qilinadi. "Biz Yevropaga bostirib borsak, ular bizni varvarlar sifatida qarshi oladi, Osiyoda esa bizni madaniyatli millat kabi kutib olishadi", deb, Kaufman, Skobelev singari harbiylar Turkistonni bosib olishga daʼvat etiladi.

"Jinoyat va jazo" (1866), "Telba" (1868) romanlarida rus xalqining maʼnaviy muammolari badiiy boʻyoqlarda yaqqol aks ettirilgan. "Jinlar" (1871—72), "Oʻsmir" (1875) romanlarida esa rus "oqsuyaklari" tabaqasi, amaldorlari orasida maʼnaviy qashshoqlik, amalparastlik, ochkoʻzlik va xudbinlik kabi illatlar chuqur ildiz otgani koʻrsatilgan, ichki-milliy muammolarni boshqa bir xalq hisobiga hal etib boʻlmasligi eʼtirof etilgan. "Ogʻa-ini Karamazovlar" (1879—80) romanida jamiyat va shaxs oʻrtasidagi chuqur ziddiyat, ruhiy inqiroz va fojia oʻz ifodasini topgan.

D. ijodi, garchi ziddiyatli boʻlsada, rus va jahon adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. D. 19-a.dagi realistik roman janrini yangi oʻziga xos tomonlar bilan boyitdi. Adib toʻlaqonli badiiy obrazlarda nafaqat voqealar oqimini, insonlar takdirini, qalb kurashini, balki jamiyat maʼnaviy hayotidagi fojiaviy konfliktlarni ham bera oldi. Oʻzining intellektual romanlarida fikrlarning keskin kurashini, gʻoya va dunyoqarashning fojiaviy toʻqnashuvini mahorat bilan tasvirladi. D. romanlari vazmin tasvir uslubi emas, aksincha, sof dramatik janrlarga xos keskinligi va liro-publitsistik pafosi bilan ajraladi.

D.ning "Jinoyat va jazo", "Telba" va b. asarlari Ibrohim Gʻafurov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Bibliografiya[tahrir]

Romanlar[tahrir]

Qissa va hikoyalar[tahrir]

Ekranizatsiyalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  • Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar, T., 1966; Telba, T., 1981.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • F.M. Dostoyevskiy tugʻilgan kunning 150 yilligi (esdaliklar), T., 1971.

Nabijon Boqiy.