Oltintepa (shahar xarobasi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oltintepaoʻrta asr shahar harobasi (513-asrlar). Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidagi Qorabogʻ qishlogʻi yaqinida joylashgan. O. dastlab ToshDUning arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan tekshirilgan (1966). 1964 yildan muntazam arxeologik tadqiqotlar olib borilgan. Shahar 2 qismdan: hisor rolini oʻynagan markaziy qism (2,5 ga dan ortiq) va raboddan iborat. O.dagi markaziy tepalikning hajmi 160x160 m, balandligi 13 m ga yaqinni tashkil qiladi. O.ning umumiy maydoni 40 ga boʻlgan. Dastlab O. oʻrnida 5—6-asrlarda kichik qishloq yoxud alohida turgan inshoot joylashgan; u 78-asrlarda kengaygan. Asosiy tepalik mudofaa devori bilan oʻrab olingan, qishloqni shaharga aylanish jarayoni kechgan. 10-asrda shahar nihoyatda katta boʻlgan, hunarmandchilik rivojlangan. 13-asr boshida moʻgʻullar istilosi natijasida vayron boʻlib, 13-asrning 30-yillarida shahar hayoti qayta jonlangan. O.dan koʻplab sirlangan, turli xildagi naqshlar, yozuvlar bilan bezatilgan sopol idishlar (koʻza, xum, lagan va boshqalar), tangalar, oʻyma naqsh tushirilgan terrakota parchalari, oʻgʻirlar, jez koʻzgu, kuldon, xay-kalchalar va boshqa topilgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Lunina SB., Goroda Yujnogo Sogda v VIII—XII vv., T., 1984.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil