Oʻzbegim (Vohidov asari, 2017)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbegim: Sheʼrlar, dostonlar, hajviyalar, muxammaslar, tarjimalar
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot „Yangi asr avlodi“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2017
2019
Sahifalar soni 400
ISBN ISBN 978-9943-20-237-5

„Oʻzbegim“, toʻliq nomi Oʻzbegim: Sheʼrlar, dostonlar, hajviyalar, muxammaslar, tarjimalaroʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Ilk bor 2017-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida lotin yozuvida chop etilgan. 2019-yil ayni nashriyotda ayni ISBN kod bilan va hech bir oʻzgarishsiz qayta chop etilgan.[1]

Toʻplam „Yangi asr avlodi“ nashriyotining „Kamolot kutubxonasi“ ruknida nashr qilingan. Unga shoirning sheʼrlari, „Nido“ va „Ruhlar isyoni“ dostonlari, Matmusa obrazi haqidagi hajviyalari, muxammaslari va Ibn Sino, Hofiz Sheroziy, Bedil, Mirzo Gʻolib, Aleksandr Pushkin hamda Sergey Yesenin asarlaridan tarjimalari kiritilgan.

Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Feruza Quvonova – muharrir, Sadoqat Qarshiboyeva – musahhih, Sunnat Musamedov – sahifalovchi, Shohrurh Hoshimov – badiiy muharrir, Umidbek Yaxshimov – texnik muharrir. Kitob adadi – 10 000 nusxa.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „„Oʻzbegim“, Yangi asr avlodi NMM“. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr. [sayt ishlamaydi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]