Sergey Yesenin
| Sergey Yesenin | |
| Серге́й Алекса́ндрович Есе́нин | |
Rus shoiri Sergey Yesenin |
|
| Tavallud sanasi: | 3-oktabr, 1895-yil |
| Tavallud joyi: | Konstantinovo, Rossiya imperiyasi |
| Vafot sanasi: | 27-dekabr, 1925-yil (30 yoshda) |
| Vafot joyi: | Sankt Peterburg, SSRI |
Sergey Alexandrovich Yesenin (3-oktabr, 1895 — 27-dekabr, 1925) — iqtidorli rus lirik shoiri va yozuvchisi. Yesenin „chinakam xalqona shoir“ deb nom taratgan. Shoir oʻz sheʼrlarida oddiy xalq, dehqonlar, rus qishlog‘idagi hayot va tabiat haqida yozgan. 20-asrning eng mashhur rus shoirlaridan boʻlishiga qaramay, Yesenin 30 yoshida oʻz joniga qasd qilgan. Sergey Yeseninning sheʼrlarini oʻzbek shoiri Erkin Vohidov buyuk mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Mundarija |
Hayoti[tahrir]
Sergey Yesenin 1895-yil 3-oktabrda Rossiyaning Ryazan shahri atrofidagi Konstantinovo qishlog‘ida tavallud topgan. Hozirgi kunda bu qishloq Yesenin qishlogʻi deb ataladi. Yesenin 1920-yillarda bir necha marotaba AQShga va Yevropaga borgan. Umrining oxirida Yeseninning hayoti algʻov-dalgʻov boʻlib ketgan. 1925-yil Sankt Peterburgdagi Angleter mehmonxonasida Yesenin oʻzini osib qoʻygan.[1] Shoir Moskvada dafn etilgan.
Ijodi[tahrir]
Shoir sifatida[tahrir]
Yeseninning birinchi sheʼriy toʻplami „Radunitsa“ 1916-yilda chop etilgan. Ilk sheʼriy toʻplamidayoq shoir qalb holatlarini nozik tuygʻularda berishni, tabiat bilan bogʻliq ruhiy kechinmalarni ifodalashning ustasi, qishloq hayoti, xalq tili va qalbining bilimdoni ekanligini namoyish etgan. 1919-1922-yillarda Yesenin imajinist (ijodning maqsadini asarning mazmuniga mos kelishi shart boʻlmagan obrazlarni oʻylab topishda deb tushunuvchi)lar guruhida boʻlgan.
„Moskva mayxonalari“ (1924) va boshqa turkum sheʼrlarida, „Qora odam“ (1925) dostonida shahar hayotining yaramas tomonlari, qishloqni xonavayron qilayotgan „taraqqiyot“ haqqoniy aks ettirilgan. Yesenin „Anna Snegina“ (1925) dostoni hamda „Shoʻro Rusi“, „Zamin dargʻasi“ (1925) toʻplamlarida „kommuna oyoqqa turgʻizayotgan Rus“ni anglashga harakat qilsa ham, oʻzini „oʻtmishga aylanayotgan Rus“ning shoiri deb bildi.
1924-1925-yillarda Yesenin Oʻrta Osiyo va Kavkazorti mintaqalarida sayohatda boʻlgan. Yesenin qisqa boʻlsa-da Toshkentda ham yashagan, Samarqand shahrida boʻlgan. Yeseninning „Fors taronalari“ (1924-1925) deb nomlangan sheʼrlar turkumi Kavkazort o‘lkalarga sayohat chog‘ida yaratilgan. „Fors taronalari“ sheʼrlar turkumi Hofiz, Saʼdiy Sheroziy, Umar Xayyom kabi sharq ijodkorlariga cheksiz hurmat-ehtirom mahsuli sifatida dunyoga keldi.
„Tanlangan sheʼrlar“, „Zamin dargʻasi“, „Lirika: sheʼrlar, dostonlar“ sheʼriy toʻplamlari Erkin Vohidov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1965, 1970, 1981). 1985-yil Toshkentda shoirning uy-muzeyi ochilgan.
Yesenin oʻlimidan bir kun avval doʻstiga atab sheʼr yozgan. Shoirning eng mashhur misralaridan biriga aylangan bu sheʼrni Erkin Vohidov oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan:
| Rus tilida
До свиданья, друг мой, до свиданья. |
Erkin Vohidov tarjimasi
Xayr endi, xayr, doʻstginam, |
Yozuvchi sifatida[tahrir]
Yesenin faqat sheʼr yozib qolmay bir qancha hikoya ham yozgan. „Jar“ (1916) qissasi, „Bobil va Drujok“ (1917) hikoyasi, „Temir Mirgorod“ ocherkida Yeseninning nasriy imkoniyatlarini namoyish etgan.
Manbalar[tahrir]
- ↑ "Sergey Aleksandrovich Yesenin". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.
Havolalar[tahrir]
„Fors taronalari“ sheʼrlar toʻplami
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |