Oʻratepa viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻratepa viloyati
tojikcha: вилояти Ӯротеппа
Viloyat
Tegishli Tojikiston SSR
Tarkibida 8 ta tuman
Maʼmuriy markazi Oʻratepa
Rasmiy tillar Tojik tili, rus tili
Aholi tojiklar, oʻzbeklar, ruslar
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 15,9 ming[1] km²
Xaritada
Oʻratepa viloyati xaritada

Oʻratepa viloyati (tojikcha: вилояти Ӯротеппа, ruscha: Ура-Тюбинская область) – 1945-yil 19-yanvardan 1947-yil 23-yanvargacha mavjud boʻlgan Tojikiston SSRdagi maʼmuriy-hududiy birlik. Leninobod viloyatining janubiy qismidan tashkil qilingan. Tyan-Shan va Hisor-Olay tizmalarida joylashgan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1947-yil 23-yanvardagi buyrugʻiga binoan viloyat tugatilgan, unga boʻysunuvchi tumanlar Leninobod viloyatiga oʻtkazilgan[2].

Maʼmuriy-markazi – Oʻratepa.

Tumanlari:

  • Ganchin tumani;
  • Zaxmatobod tumani;
  • Kalininobod tumani;
  • Kolxozchion tumani'
  • Matchin tumani;
  • Panjakent tumani;
  • Oʻratepa tumani;
  • Shahriston tumani.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]