Neil Armstrong
| Neil Alden Armstrong | |
Fazogir |
|
| Tavallud sanasi: | 5-avgust, 1930-yil |
| Tavallud joyi: | Wapakoneta, Ohio, AQSh |
| Vafot sanasi: | 25-avgust, 2012-yil (82 yoshda) |
| Vafot joyi: | Cincinnati, Ohio, AQSh |
Neil Alden Armstrong (talaffuzi: Nil Olden Armstrong; 5-avgust, 1930 — 25-avgust, 2012) amerikalik astronavt, uchuvchi, muhandis, universitet professori va Oy sirtidagi birinchi inson boʻlgan. Fazogirlikdan oldin Armstrong Amerika Qoʻshma Shtatlari Dengiz Kuchlari zobiti va Koreys Urushida qatnashgan edi. Urushdan keyin u Dryden Parvoz Tadqiqotlari Markazida uchuvchi-sinovchi boʻlib, 900 dan oshiq parvoz qilgan. Purdue Universitetini bitirib, taʼlimni Janubiy Kaliforniya Universitetida davom ettirgan.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy Havo Kuchlarining „Tezda Odam Fazoda“ va Boeing fazo parvozi loyihalari qatnashayotib, Armstrong NASA astronavtlari korpusiga 1962-yili qoʻshildi. Uning birinchi fazoviy parvozi 1966-yilgi Gemini 8 missiyasi boʻlib, unda u David Scott bilan ilk bora ikki fazoviy kema birlashishini amalga oshirdi.
Armstrong'ning ikkinchi va oxirgi fazoviy parvozi 1969-yil iyulida Apollo 11 kemasida Oyga uchish boʻldi. Bu missiyada Armstrong va Buzz Aldrin Oy sirtiga qoʻnib, 2½ soat tadqiqotlar olib borishdi, bu paytda orbitadagi modulda Michael Collins qolgan edi. Armstrong Collins va Aldrin bilan birgalikda AQSh Prezidenti Richard Nixon tomonidan Ozodlik Prezidentlik medali, Jimmy Carter tomonidan Kongress Sharaf Fazoviy Medali (1978), 2009-yili esa Kongress Oltin Medali bilan taqdirlangan.
2012-yil 25-avgustida Armstrong arteriya toʻsilishi tufayli olamdan oʻtdi.[1]
Manbalar [tahrir]
- ↑ "Space legend Neil Armstrong dies". CNN. http://www.cnn.com/2012/08/25/us/neil-armstrong-obit/index.html. Qaraldi: August 26, 2012.
Havolalar [tahrir]
- Neil Armstrong oila aʼzolari yaratgan sayt
- Астронавты не умирают по субботам, Lenta.ru