Fazogir
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fazogir (AQShda: astronavt, Rossiyada: kosmonavt, Xitoyda: taykonavt) fazoviy kema ekipaji aʼzosi boʻlib xizmat qilishga tayyorlangan shaxsdir. Fazogirlar koinotda ishlashadi, fazoga sayohat qiluvchilar esa fazoviy sayyoh, deb atalishadi.[1][2] Ilk fazogir Yuriy Gagarindir.
Xalqaro Aviatsiya Federatsiyasi (Yevropa) 100 kilometrdan,[3] NASA (AQSh) esa 80 kilometrdan[4] yuqoriga parvoz qilgan shaxslarni koinotga uchgan, deb hisoblaydi. 2009-yilgacha 38 mamlakatdan 505 kishi 100 kilometrdan tepaga parvoz qilgan,[5] ulardan 24 nafari Oyga uchib kelgan.[6]
Aksariyat fazogirlar davlat tomonidan tayyorlanib, harbiy unvonli boʻlishadi, biroq 2004-yildan beri xususiy kompaniyalar fuqaro fazogirlarni tayyorlashmoqda.