Narva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Narva
Narva
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Estoniya
Uezd Ida-Virumaa
Koordinatalari 59°22′0″N 28°11′0″E / 59.36667°N 28.18333°E / 59.36667; 28.18333Koordinatalari: 59°22′0″N 28°11′0″E / 59.36667°N 28.18333°E / 59.36667; 28.18333
Mer Eduard East
Asos solingan 1223
Ilk eslatilishi 1171
Avvalgi nomlari Rugodiv
Qachondan beri shahar XIV asr
Maydoni 84,54 km²
Rasmiy tili eston tili
Aholisi 57 650[1][2] 
Milliy tarkibi ruslar – 82,02 %
estonlar – 3,86 %
ukrainlar – 2,55 %
beloruslar – 2,13 %
finlar – 0,74 %
tatarlar – 0,49 %
boshqalar – 8,21 %[3]
Konfessiyaviy tarkibi pravaslavlar, lyuteranlar
Vaqt mintaqasi UTC+2
Telefon kodi +37235
Rasmiy sayti http://www.narva.ee
(est.) (rus.) (ingl.)
Vyanameri (boʻgʻoz) Soela (boʻgʻoz) Pyarnusk koʻrfazi Narvsk koʻrfazi Pyarnumaa Pyarnumaa Pyarnumaa Irben boʻgʻozi Latviya Latviya Finlandiya Rossiya Rij qoʻltigʻi Boltiq dengizi Fin qoʻltigʻi Chud koʻli Pskov koʻli Virtsyarv koʻli Saaremaa (uezd) Xiyumaa (uezd) Lyaenemaa Xaryumaa Lyaene-Virumaa Ida-Virumaa Yigevamaa Tartumaa Pilvamaa Valgamaa Vilyandimaa Virumaa Raplamaa YarvamaaNarva (Estoniya)
About this image
Narva

Narva (est. Narva, olm. NarwaEstoniyadagi shahar. Narva daryosining chap sohilida, uning Fin qoʻltigʻiga quyilish joyidan 14 km uzoqlikda. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 57 650 kishi[1][2]. Shahar sanoatining asosiy tarmoqlari — energetika, toʻqimachilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish. Narva yaqinida mahalliy slanetsda ishlaydigan Boltiq boʻyi GRES, Estoniya GRES ishlab turibdi. GES bor. Yirik ip gazlama korxonasi — Krengolm manufakturasi, yogʻochsozlik, mashinasozlik, metallsozlik, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Narva koʻprik orqali Ivangorod (Leningrad viloyati) bilan bogʻlangan. Politexnikum, tarix muzeyi mavjud. Shahar ilk bor 1171 yilgi Novgorod solnomasida Rugodiv nomi bilan tilga olingan. Daniya, Shvetsiya Livon ordeni tasarrufida boʻlgan. 1704 yilda rus qoʻshinlari tomonidan ishgʻol qilindi. 1919 yildan Narva Estoniya tarkibida. Shaharda tarixiy meʼmoriy yodgorliklardan: qasr (13—15-asrlar), shahar istehkomlari (14-asr), ratusha (17-asr) saqlangan. [4]

Manbalar[tahrir]