Murat Kalikulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Murat Kalikulov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 17-avgust 1978-yil (1978-08-17) (45 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport Dzyodo
Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Bronza Olmaota 2004 66kg gacha
Universiada
Kumush Pekin 2001 66kg gacha

Murat Kalikulov (1978-yil 19-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek dzyudochisi, 66 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan. XXVIII  yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Osiyo chempionati va Jahon Universiadasi sovrindori.

Sport faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murat Kalikulov 1999-yildan xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshlaydi. U Moskvada boʻlib oʻtgan (Rossiya) jahon chempionatida 1/8 finalda rossiyalik dzyudochi Viktor Krestyaninovga imkoniyatni qoʻldan boy beradi. Murat Kalikulov 2001-yilda Myunxenda (Germaniya) boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha jahon chempionatida 66 kilogrammgacha vazn toifasida boʻlgan bellashuvda yana magʻlubiyat sari yuz tutadi[1]. Minsk shahrida (Belarus) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan jahon kubogida vazni 66 kilogrammgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida finalda ukrainalik Mussa Nastuyevga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Pekinda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Yozgi Universiadada 66 kg vazn toifasida finalda rossiyalik dzyudochi Magomed Jafarovga imkoniyatni boy berib, turnirning kumush medaliga sazovor boʻladi[2][3].

2004-yilda Olma-Otada (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 66 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[4][5]. Afinada (Gresiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 66 kg vazn toifasida birinchi davrada serbiyalik dzyudochi Milosh Miyalkovichga iagʻlub boʻladi[6]. Portu Sant Elpidio (Italiya) shahrida oʻtkazilgan xalqaro turnirda vazni 66 kilogrammgacha boʻlgan polvonlar bahsida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Chirchiq shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida oʻz vazn toifasida birinchi oʻrinni egalladi. Murat Kalikulov 2004-yilda u sport faoliyatiga nuqta qoʻyishga qaror qilldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Welcome to International Judo Federation Web-site“. web.archive.org (2006-yil 15-oktyabr). 2006-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  2. „УНИВЕРСИАДА“ (ru). sport-express.ru. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  3. „Djafarov Wins Men's Judo -66kg Gold at Universiade“. en.people.cn. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  4. „Results of 2004 Asia Championship“. web.archive.org (2014-yil 12-sentyabr). 2014-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  5. „Сервер Мурадасилов: Узбекистан от Казахстана - ни на шаг | Спорт.Gazeta.kz“. web.archive.org (2014-yil 14-dekabr). 2014-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  6. „Men's 60-66kg judo results“ (2004-yil 15-avgust). Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.