Muqaddas ruh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xristianlik


Xristianlik

Muqaddas ruh — dastlab yahudiylik diniga koʻra Ruh yoki Muqaddas ruh sifatida bilingan, Xudoning ilohiy kuchi, sifati hamda koinot yoki uning mavjudotlari ustidan taʼsiri nazarda tutiladigan diniy bir qarash. Bu qarash Nikeya xristianligida Muqaddas ruh Muqaddas uchlikning uchinchisi sifatida qabul qilingan. Islomda Muqaddas ruh ilohiy harakat yoki aloqa vositasi sifatida taʼriflanadi. Bahoiylik eʼtiqodiga koʻra Muqaddas ruhga Xudo va inson oʻrtasidagi vositachi, „Xudoning inoyati va uning zohiridan chiqadigan yorqin nurlar“i sifatida qaraladi[1].

Dinlar bilan qiyosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibroniy tilida yozilgan Injilda „Xudoning ruhi“ (ruach elochim) atamasi mavjud boʻlib, uni yahudiylar yagona Xudoning qudrati maʼnosida talqin qilishadi. Bu talqin Nikeya xristianlari tomonidan Muqaddas ruhni Muqaddas uchlikning bir shaxsi sifatida qabul qilish borasidagi qarashlaridan tubdan farq qiladi[2].

Xristianlik gʻoyasida yahudiylikka qaraganda koʻproq Muqaddas ruhning axloqiy jihati taʼkidlanadi, bu yahudiy diniy yozuvlarida nisbatan kechroq paydo boʻlgan Muqaddas ruh epitetida yaqqol namoyon boʻlgan[3][4].

Dinshunos Rudolf Bultmanning soʻzlariga koʻra, Muqaddas ruh gʻoyasini anglab olishning ikki xil usuli mavjud: „animistik“ va „dinamik“. Animistik tafakkurda u „mustaqil kuch, shaxsning kuchi boʻlib, u (…) odamning ichiga kirishi, uni egallab olishi, unga oʻz kuchini namoyon etishiga imkon berishi yoki uni kuch namoyon etishiga majbur qilishi mumkin. Bir soʻz bilan aytganda esa odamni suyuqlik kabi toʻldiradigan shaxssiz kuch“. Har ikkala fikr ham yahudiy va nasroniy kitoblarida uchraydi, lekin animistik fikr Eski Ahdga xos boʻlib, dinamika esa Yangi Ahdda koʻproq uchraydi. Bu farq vaqtinchalik yoki doimiy bir tuhfa shaklida inʼom etiluvchi Muqaddas ruhga nisbat beriladi. Eski Ahdda va yahudiy tafakkurida bu, birinchi navbatda, muayyan vaziyat yoki vazifani hisobga olgan holda vaqtinchalik, nasroniylik kontseptsiyasida esa bu „tuhfa“ doimiy ravishda odamlar ichida yashaydi.

Islom dinida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom dinida Muqaddar ruh (Arabic: روح القدس — Ruh al-Qudus, „Muqaddas ruh“) tushunchasi Qur’onda toʻrt marta tilga olingan boʻlib, unga nisbatan ilohiy harakat yoki aloqa vositasi sifatida qaraladi. Muqaddas ruhning musulmon dinidagi talqini odatda Eski va Yangi Ahdga asoslangan qarashlarga mos keladi. Ayrim hadislardagi rivoyatlarga asoslanib, baʼzi musulmonlar uni Jabroil farishtaga tenglashtiradilar[5]. Ruh (ạlrwḥ al-Ruh, „muqaddas“ yoki „yuqori“ sifatlarisiz) boshqa narsalar qatori, Xudo Odam Atoni tiriltirgan va turli yoʻllar bilan Xudoning elchilari va paygʻambarlarini, jumladan, Iso va Ibrohimni ilhomlantirgan Xudodan kelgan yaratuvchi ruh sifatida tasvirlangan. Qur’onga koʻra, „Muqaddas uchlikka“ ishonish taʼqiqlangan va bunga kufr sifatida qaraladi[6][7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Some Answered Questions | Bahá'í Reference Library“. www.bahai.org. Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  2. Espín, Orlando O. „Holy Spirit“,. An Introductory Dictionary of Theology and Religious Studies. Collegeville: Liturgical Press, 2007 — 576 bet. ISBN 978-0-8146-5856-7. 
  3. Dunn, James D. G. „Towards the Spirit of Christ: The Emergence of the Distinctive Features of Christian Pneumatology“,. The Work of the Spirit: Pneumatology and Pentecostalism. Grand Rapids: Wm. B. Eerdmans Publishing, 2006 — 3 bet. ISBN 978-0-8028-0387-0. 
  4. Menzies, William W. and Robert P. "Spirit and Power." Grand Rapids, MI: Zondervan, 2000.
  5. „What Is Meant by the Holy Spirit in the Qur'an?“. Islam Awareness. Sheikh Ahmad Kutty. Qaraldi: 2018-yil 14-noyabr.
  6. Griffith, Sidney H. Holy Spirit, Encyclopaedia of the Quran.
  7. Thomas Patrick Hughes, A Dictionary of Islam, p. 605.